Toşkent şahrida Strasburg universiteti filiali oçilişi mumkin, şuningdek, Toşkent va Strasburg boşqaruv ma'muriyati örtasida hamkorlik aloqalari kengayişi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
19 fevral kuni Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Yevropa parlamenti a'zosi va Parij şahar okrugi meri Roşida Datini qabul qildi. Uçraşuvda özaro hamkorlik, xususan Yevropa oliy ta'lim muassasalaridan birining filialini Toşkent şahrida taşkil etiş masalalari muhokama etildi.
Şuningdek, uçraşuvda Parij biznes vakillarining Toşkentga taşrifini amalga oşiriş rejasi ham körib çiqildi.
Toşkent şahar hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiya işlari böyiça örinbosari Davron Hidoyatov ma'lumotiga köra, fransiyalik mutaxassislar poytaxt infratuzilmasini yaxşilaş, xususan içimlik suvi ta'minoti masalasida hamkorlik qilişga tayyor.
Ma'lumot uçun, Strasburg universiteti jahon oliy ta'lim muassasalari reytingida 87-örinda qayd etiladi. Universitet bitiruvçilarining 18 nafari Nobel mukofoti laureati hisoblanadi.








