Özbekiston Respublikasi IIV şu yilning 19 fevral kuni “Içki işlar xodimi dardini tökib soçdi” sarlavhasi bilan tarqalgan maqola yuzasidan izoh berdi.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, maqolada jinoyatçilikni yaşiriş ommalaşgani haqida söz yuritilgan.
“Bu fikr mutlaqo notöğri, çunki ayni vaqtda içki işlar organlari navbatçilik qismlariga örnatilgan telefonlar kompyuterga maxsus dastur orqali ulangan va har bir berilgan xabar avtomatik tarzda röyxatga qöyiladi. Şuning uçun jinoyatni yaşirişning umuman imkoni yöq”, - deyiladi xabarda.
Yana maqolada jinoyatni foş etiş uçun xodimlarda tajriba, zamonaviy texnikalar, xizmat avtotransport vositalari yetişmasligi haqida gapirilgan.
“Aslida tajribali xodimlar içki işlar organlarida juda köp, jinoyatlarni foş etişda ularning amaliy mehnat faoliyati katta rol öynamoqda. Bugungi kunda xorijiy va qöşni davlatlar içki işlar tizimlari xodimlari bilan tajriba almaşiş yuzasidan samarali muhim uçraşuvlar, seminarlar ötkazilib, ijobiy natijalarga erişilmoqda. Sönggi yillarda tizimga respublika rahbariyati tomonidan katta e'tibor berilib, xodimlar uçun zamonaviy binolar qurildi va foydalanişga topşirildi. Tezkorlikni oşiriş maqsadida, taşqi xizmatlar jahon standartlariga javob beradigan aloqa vositalari, gumonlanuvçining şaxsni aniqlaş imkoniyatini beruvçi mobil qurilmalar bilan ta'minlandi. Hammaning xabari bor, Davlat rahbarining taşabbuslari bilan respublikada xizmat olib borayotgan barça profilaktika inspektorlari imtiyozli kredit asosida avtomaşinalarga ega böldilar, öz xizmat hududlarida ularga xizmat uylari ajratildi. Boşqa yönalişlarda xizmat olib borayotgan xodimlar ham yangi xizmat avtomaşinalari bilan bosqiçma-bosqiç ta'minlanmoqda”, - deya izoh bergan IIV.
Qayd etilişiça, Andijon viloyati Içki işlar boşqarmasi rahbariyati tomonidan jinoyatni hisobdan yaşiriş holatlarini aniqlaş va aybdorlarga nisbatan keskin kuraş olib borilmoqda.
2018 yilda Andijon viloyati böyiça jinoyatni hisobdan yaşirgan 3 nafar xodim aniqlanib, jinoiy iş qözğatilgan. Ulardan biriga nisbatan sud hukmi bilan tegişli jazo tayinlangan va qolgan 2 nafariga nisbatan töplangan hujjatlar sudda körib çiqilmoqda.
“Kelgusida ham jinoyatni hisobdan yaşirgan xodimlarni aniqlaş va ularga nisbatan keskin çoralar köriş işlari tizimli davom ettiriladi”, - deyiladi xabarda.








