Qator naşrlarda “Milliy gvardiyaçimiz" deganlar öğlimni kaltakladi, IIB xodimlari tomoşabin bölib turdi” sarlavha bilan tarqalgan maqolaga Surxondaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi tomonidan oydinlik kiritildi.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, olib borilgan suriştiruv işlari natijasida, 2018 yilning 9 dekabr kuni Angor tumani “Yangi turmuş” mahallasi aholisidan IIB navbatçilik qismidagi “102” telefoniga, Şörçi tumanida yaşovçi “Sanjar” ismli şaxs mast holda uyiga kirib, janjal qilayotgani va qöşnilarning tinçini buzayotgani haqida xabar kelib tuşadi. 

Voqea joyiga uşbu hududda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektori yuboriladi. Profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida Şörçi tumani Alişer Navoiy mahallasida yaşovçi fuqaro J.S. öz körsatmasida 2018 yil 8 dekabr kuni soat 12.00larda Angor tumani “Qadimiy-Angor” mahallasida yaşovçi xolasining uyiga quriliş işlariga yordam beriş uçun kelganligini, işlarni tugatib, ovqatlaniş vaqtida spirtli içimlik iste'mol qilganligini, keyin mast holatda fuqaro J.N.ning uyiga kirib borganligini, fuqaro J.N. esa uni qöli bilan urib tan jarohati yetkazganligini ma'lum qilgan.

Angor tumani Tibbiyot birlaşmasining 2018 yil 9 dekabr kunidagi dalolatnomasida fuqaro S.J. alkogol mastlik holatida bölganligi qayd etilgan.

Surxondaryo viloyat sud-tibbiy ekspertiza byurosining 2018 yil 20 dekabrdagi ekspertiza xulosasida, fuqaro S.J.da bir qança tan jarohatlari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Angor tumani prokuraturasi tomonidan içki işlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilgan va xizmat tekşiruvi ötkaziş belgilangan. 

Natijada xodimlarning xatti-harakatlarida qonun buziş holatlari aniqlanmagan va uşbu holatda Milliy gvardiya xodimlari bölmaganligi aniqlangan. Fuqaro S.J. IIBga bergan körsatmasida ham biror marta Milliy gvardiya xodimlari töğrisida gapirmaganligini ma'lum qildi, deyiladi xabarda.

Bugungi kunda S.J.ning tan jarohati olişi, unga tegişli avtomaşinaga texnik şikast yetkazilganligi yuzasidan aybdorlarni aniqlaş maqsadida, Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan 2019 yilning 13 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va dastlabki tergov harakatlarini olib boriş uçun Angor tumani prokuraturasiga yuborilgan.

Mazkur jinoyat işi böyiça içki işlar xodimlarining harakatiga huquqiy baho beriş uçun Angor tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.