Garet Beyl «Real»ni yozgi transferlar vaqtida tark etişi mumkin.
Marca naşri ma'lumotiga köra, ispanlar klubi Vinisius va Lukas Vaskesga raqobatda yutqazayotgan uelslik 29 yoşli futbolçisini sotişga tayyor.
Qayd etiş kerakki, futbolçi ötgan yil yozidayoq klubni tark etişga tayyor edi, ammo klub rahbariyati uni qolişga köndirgandi.
Ayni vaqtda Beylga «Çelsi», «Mançester Yunayted» va «Tottenhem» klublari asosiy talabgorlar bölib turişibdi.
Londonliklar klubi «Real» da'vogarlik qilayotgan daniyalik yarimhimoyaçisi Kristian Eriksen evaziga sobiq futbolçisini qaytariş variantiga qarşi emasligi aytilmoqda. «Çelsi»ga esa Beyl Eden Azar örniga yöl olişi mumkin.
Garet Beyl joriy mavsumda barça turnirlar doirasida «Real» uçun 30 uçraşuvda maydonga tuşgan va 12 gol urib, 5 golga uzatma bergan.
«Real» Beylni 2013 yil yozida 101 million yevro evaziga «Tottenhem»dan öz safiga qöşib olgan va bu rekord darajadagi transfer bölgandi.












