AQŞda davlat qarzini kamaytiriş uçun Montana ştatini Kanadaga 1 trillion dollarga sotiş taklif qilindi. Bu haqda New York Post naşri ma'lum qildi.
Naşrning ma'lum qilişiça, ştatni sotiş taklifini Yan Xammond ismli oddiy fuqaro bildirgan. Uning fikriça, ştatning narxi 1 trln dollarni taşkil qiladi.
“Bizda qarz juda köp, Montana esa befoyda. Şunçaki ularga u yerda suv qunduzi yoki şunga öxşaş jonzotlar borligini aytib qöying”, deb aytilgan ştatni sotiş böyiça petitsiya sahifasida.
Ayni vaqtda hujjatni 12 mingdan köproq odam imzolagan.
Ştat ma'muriyati petitsiyadan xavotirga tuşib, ştatni sotişni taqiqlovçi qonun loyihasini ilgari suriş ustida iş olib bormoqda.
Montana ştati AQŞning şimolida joylaşgan bölib, Kanada bilan çegaradoş.
Avvalroq AQŞning davlat qarzi rekord qiymatga yetib, 22 trln dollardan oşgani ma'lum qilingan.








