«Lion Motors» avtosaloni öz mijozlari örtasida maişiy texnikalar va oliy yutuq “Chevrolet Tracker” avtomobilini yutib oliş böyiça ötkazilayotgan aksiyaning sönggi, uçinçi bosqiçini ham yakunladi. Yutuqli öyinning yakunlovçi bosqiçi 13 fevral kuni Angren şahridagi «Lion Motors» MÇJ dilerlik markazida bölib ötdi.

Foto: Lion Motors

Öyinning birinçi qismi maişiy texnikalarning ğoliblarini saralab olişga bağişlangan bölib, bunda omadlilarni uçtadan “Artel” rusumidagi televizorlar, ikki kamerali sovutgiçlar va zamonaviy kir yuviş maşinalari kutayotgan edi.

Tadbirning ikkinçi qismida lototron iştirokçilar orasidan “Chevrolet Tracker” avtomobili sohibini tasodifiy tomoşabin yordamida aniqlab berdi. Yutuq egasi sifatida Samarqand viloyati Urgut tumanida istiqomat qiluvçi Ahrorov Abdukarim ğolib böldi. Ğolibga rasmiy mukofotlaş tadbirida yutuqli avtomobilning kaliti topşirildi.

«Men nihoyatda baxtiyorman, quvonçimni söz bilan ifoda etiş men uçun muşkul. Dastlab men omadga işonmagandim, biroq avtosalon xodimlari meni kuponni töldiriş va lototronga taşlaşga köndirişdi. Men “Damas” avtomobilini xarid qilgandim, ammo evaziga menga “Tracker” ham nasib qilişini öylab ham körmagandim. Bağoyatda baxtiyorman», - deydi yutuq sohibi.

Foto: Lion Motors

Uç oy davomida “Lion Motors” avtosalonidan avtomobil xarid qilgan va şartnomaga muvofiq tölovning 85 foizini amalga oşirgan har bir xaridor aksiyada iştirok eta olişi mumkin edi. Buning uçun şartnoma imzolangandan söng maxsus kuponni töldirib, barabanga taşlaş lozim edi. Har oyda ötkazilgan aksiyada ğolib bölgan xaridorlar oliy yutuq – “Chevrolet Tracker” avtomobilini yutib oliş huquqini ham saqlab qolgan edilar.

Şuningdek, “Lion Motors” avtosaloni avtomobil xarid qilişdagi avvalgi şartlarga muvofiq yangi, ulkan aksiya haqida ham e'lon qildi. Endi 2019 yilning yakuniga qadar xaridorlarda törtta «Spark» avtomobillarini, maişiy texnikalar va super-yutuq bölgan «Malibu» avtomobilini yutib oliş imkoniyati mavjud. Yutuqli öyin 2019 yilning 1 aprelidan boşlanib, 2020 yilning 1 yanvariga qadar davom etadi. Har ikki oyda tasodifiy ravişda lototrondan ğoliblar ismi-şarifi qayd etilgan kuponlar tanlab olinadi. Ğolibni tanlab oliş jarayoni @lionmotors'ning Instagram'dagi rasmiy sahifasi orqali töğridan-töğri translatsiya qilinadi. Aksiyaga 14 fevraldan start berildi va bu aksiya xoh yengil avtomobil, xoh yuk taşiş avtomobili («KamAz» markasi)ni xarid qilişda ham amal qiladi. Birinçi yutuqli öyin 2019 yilning 1 may kuni bölib ötadi.