Özbekistonda bir yoqdan turizmga, boşqa tomondan zamonaviy uslubdagi şahar qismlari – city'lar qurişga e’tibor kuçayib borayotganiga barça guvoh.
Xorijlik sayyohlarning katta qismi tarixiy şaharlarga – Samarqand, Buxoro, Xiva, Şahrisabz, Qöqon, Marğilon va boşqa manzillarga safar qilişadi. Mehmonlarni baland oynavand imoratlar, bir xil tusdagi köpqavatli uylar bilan lol qoldirib bölmaydi, ular yoğoç darvozali, naqş, ganç, bezaklarga boy toq va şiftli, uzum işkomli xonadonlar, samimiyat hamda odamoxunlikka şinavanda hisoblanadi.
Bu haqda köp yillar Özbekistonda yaşagan, «Ötkan kunlar» romanini ingliz tiliga ögirgan tarjimon Mark Edvard Ris şunday deydi:
- Toşkentni sevadigan bir inson sifatida şuni ayta olamanki, albatta, ayrim binolar buzilişi mumkindir. Binolar ustiga yangi qiyofa yopayotgan turk kompaniyasini nazarda tutmayapman... Biroq Eski şahar sayyohlar uçun qiziqroq. Bu haqiqatga yaqinroq (şaharning tarixiy qiyofasiga) va u yerdagi aholi öşa eski qöni-qöşnilari soğinadi, xotirlaydi. Fikrimça... vaqti kelganida loyihani rejalaştirayotganlar Dubayga öxşagan soxta qadimiy şaharlarni qurişayotganini anglab yetişadi va bu (yasama) Disney ertaklar olamiga öxşab qoladi. Yana, kulguli ignabargli daraxtlardan voz keçişda ikkilanmang. Mintaqaga xos çinorga öxşaş daraxtlarni ekiş zarur!
Bugun tarixga aylanib borayotgan mahallalar, xonadonlarni asraş, ularni obodonlaştiriş nafaqat xorijlik mehmonlarni jalb etiş uçun, balki kelajak avlodga ham madaniy meros va qadriyatlarni yetkazişda muhim örin tutadi.
Kun.uz yangi fotoloyiha – Özimizning mahalla loyihasini taqdim etadi. Ilk manzil – Toşkent şahridagi «Zarqaynar» mahallasi.
Tarixiy Toşkentning markaziy qismi – Çorsu bozori yaqinidagi uşbu mahalladan Forobiy, Sağbon, Langar, Şoşiy, Qöştut, Oqartiriş, Tarix, Qiziltut, Maqola, Olça, Zarqaynar köçalari ötadi.


Aholi uylari ğişt, guvala, sinçlardan kötarilgan.
























































