Loyiha dizayn-konsepsiyasi jahon talablarini inobatga olgan holda Marokaşdagi «Studio KO» me’morçilik byurosi bilan hamkorlikda işlab çiqiladi. Uşbu loyiha Alişer Usmonovning «San’at, ilm va sport» xayriya jamğarmasi kömagida amalga oşiriladi.
“Yurtimiz va çet elliklar uçun ijodiy maskanni taşkil etiş böyiça poytaxtimizning Olmazor tumanida joylaşgan ikkita obekt tanlab olindi”, deyiladi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi xabarida.
Birinçi obekt Namuna mahallasida joylaşgan, an’anaviy me’moriy körinişi saqlab qolingan hamda qayta ta’mirlangan «Matkarimboy» madrasasi bölib, uşbu manzil ijodiy maydon yaratiş uçun xizmat qiladi. Ikkinçi obekt esa eski bolalar boğçasi – Hastimom mahallasida joylaşgan.

Foto: t.me/acdfuz
Toşkentdagi art-rezidensiyalar Zamonaviy san’at markazining ta’lim yönalişi uçun platforma hamda mahalliy va xalqaro ijod vakillari örtasida hamkorlik uçun xizmat qiladi.
Avvalroq, Toşkent mahallalari YuNeSKO Butunjahon madaniy merosining dastlabki röyxatiga kiritilgandi.








