Toşkentning Zarqaynar köçasi tarixiy qiyofasi saqlab qolingan holda qayta ta’mirlandi. Buning uçun esa 150 milliard söm sarflandi. Hozirda turizm va hunarmandçilik markaziga aylangan köçadan “Ayol” muzeyi, uy-mehmonxonalar, aççiqqina qahvadan tortib 20 million sömgaça sotilayotgan milliy liboslarni topiş mumkin. Kun.uz muxbiri tarixiy köçaning yangilangan hayoti haqida körsatuv tayyorladi.
Zarqaynar qadimdan şaharning iqtisodiy va savdo hayotida muhim rol öynagan. Köça yaqinida Hastimom majmuasi, Çorsu bozori hamda tarixiy madrasalar joylaşgani tufayli hudud asrlar davomida savdogarlar, hunarmandlar va sayyohlar yiğiladigan markaz sifatida xizmat qilgan.
Mahalliy aholining aytişiça, Toşkentning eski mahallalaridagi köçalar aniq şaharsozlik rejasi asosida emas, tabiiy rivojlaniş jarayonida şakllangan. Savdo rastalari, hunarmandçilik ustaxonalari, masjidlar va mahalla markazlari atrofida paydo bölgan yölaklar vaqt ötişi bilan köçaga aylangan. Şu sababli eski şahar köçalari tor, egri-bugri va bir-biriga tutaş bölgan murakkab tarmoqqa ega.
Zarqaynar köçasi ham aynan şunday tarixiy urbanistik tuzilma mahsuli hisoblanadi. Köçaning torligi, devorlari bir-biriga yaqin joylaşgani va burilişlarga boy tuzilişi ötmişdagi mahalla hayotining öziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Bunday köçalar transport yöli böliş bilan bir qatorda, ijtimoiy voqealiklar qaynagan hudud vazifasini bajargan: bu yerda savdo qilingan, qöşnilar yiğilib özaro suhbatlar ötkazgan, hunarmandlar esa ustaxonalarini yuritgan.
Toşkentdagi köplab tarixiy köçalar singari Zarqaynar nomining kelib çiqişi ham aniq bir manbaga boğlanmaydi. Şahar toponimikasi böyiça tadqiqotlarda bu nomning şakllanişiga doir bir neça ehtimoliy talqinlar uçraydi. Ularning aksariyati sözning lingvistik ma’nosi va hududning tarixiy funksiyasi bilan boğliq.
Birinçi talqinga köra, “Zarqaynar” nomi ikki qismdan ya’ni “zar” va “qaynar” sözlaridan taşkil topgan. “Zar” sözi fors-tojik tilidan kirib kelgan bölib, “oltin”, “qimmatbaho” yoki “boylik” ma’nolarini anglatadi. Markaziy Osiyo şaharlarida savdo-sotiq faol bölgan hududlar köpinça boylik yoki savdo bilan boğliq nomlar bilan atalgan.
“Qaynar” esa özbek tilida “qaynamoq”, ya’ni harakatga töla, gavjum yoki jonli jarayonni bildiradi. Şahar toponimlarida bu söz odamlar gavjum böladigan joylarni ifodalaş uçun işlatilgan. Şu sabab, ayrim tadqiqotçilar “Zarqaynar” nomini “boylik qaynaydigan joy” yoki “savdo qizğin keçadigan hudud” sifatida talqin qiladi.







