Kun.uz tahririyatiga Buxoro şahridan tadbirkor Lola Ğaniyeva murojaat qilib, «Buxoro markaziy bozori» hududida özi barpo etib işlatayotgan savdo dökonining bir tarafidagi darvoza köçirilib, dökonning ikki taşqi derazasi va eşigi tösib qöyilayotganini bildirdi.

Kun.uz murojaatni voqea joyiga borib örgandi.
Ma'lum bölişiça, Lola Ğaniyeva bu dökonni 2007 yildan boşlab öz mablağlari hisobiga bunyod etişga kirişgan, hozirgaça oilasi bilan şu dökonda tirikçilik qiladi, bir neça kişini iş bilan ta'minlagan.


U dökon uçun bozorga ijara haqi, soliqlarni va boşqa tölovlarni öz vaqtida tölab kelayotganini aytdi.
Dökon avtoturargohdan bozorga kiraverişda joylaşgan bölib, darvozaxonada ham eşik va deraza oçilgan. Dökonning yana bir eşik-derazasi — bozor hududidan oçilgan.
Ayni paytda öşa darvoza berkitilib, kiriş yölagi örnidan L.Ğaniyevaga tegişli dökonga yopiştirilib, yangi dökonlar barpo etilmoqda. Yangi darvoza esa biroz nariga köçirilgan.


Ğaniyevaning kuyib-pişişiga sabab — uning dökonining ikki derazasi va avvalgi darvozaxona örnidagi eşigi berkilib qolayotganidir. Şuningdek, dökonning yertöla qismiga tuşadigan zina ham yopilib qolmoqda.

Murojaatçining ta'kidlaşiça, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 12 avgustdagi №253-sonli «Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori bilan tasdiqlangan, Özbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini taşkil etiş qoidalarining 13-bandiga köra,














