26 fevral kuni Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutida «Özbekistonda biogaz qurilmalarini keng joriy qiliş va mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş» masalalariga bağişlangan davra suhbati ötkazildi.
Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan taşkil etilgan mazkur davra suhbatida soha olimlari, biogaz yoqilğisi qurilmalarini yetkazib beruvçi tadbirkorlar, şuningdek, OAV vakillari iştirok etdi.


Uçraşuvda iştirokçilar tomonidan biogaz yoqilğisining ahamiyati, uni işlab çiqariş texnologiyalari, mazkur sohada jahon tajribasi va Özbekistonda biogaz işlab çiqariş muammolari muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, tabiiy gaz tugallanmas manba emas. Taxminlarga köra, Özbekiston tabiiy gazi ham hozirgi iste'mol darajasi bilan hisoblaganda 40-45 yillik zaxiraga ega. Şu sababli, olimlar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiya manbaalariga muqobil yoqilği manbalarini topiş dolzarb masala hisoblanadi. Biogaz esa nisbatan arzon ekologik yoqilği sifatida çorvaçilik, parrandaçilikning qattiq, maişiy va suyuq çiqindilari, ösimlik qoldiqlari, oqova suv va boşqa manbalardan oliş mumkinligi bilan tabiiy gazga muqobil yoqilği hisoblanadi.

«Heç kimga sir emas, respublikadagi juda katta maydonlarimiz degradatsiyaga uçragan, yerning egasi fermer ham buni yaxşi biladi. Biroq, har yili yerga tonnalab selitra kiritilaveradi, çunki hosil topşiriş rejasi bor. Tasavvur qiling, agar öşa fermer xöjaligida biogaz va uni oliş jarayonida olinadigan bioöğitdan foydalanişni joriy qilişga erişsa ham yoqilği, ham öğit xarajatidan yutiladi-ku, şuningdek, yerlarning sifati ham yaxşilanadi», - deydi Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti öqituvçisi Şavkat Imomov.

Biogaz texnologiyalarini joriy qilişda avvalo undan foydalanuvçilarning bilimini oşiriş zarur. Şuningdek, biogaz texnologiyalarini joriy qilişda Özbekiston hukumati tomonidan uni joriy qiluvçi fermer va tadbirkorlar uçun ma'lum yengilliklar ham berilişi lozim. Bir söz bilan aytganda, biogaz bu - kelajak», - deya mutaxassisning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












