«Çelsi» hujumçisi Eden Azar boş murabbiy Mauritsio Sarrining yonini oldi.
«Biz hammamiz yakdilmiz, murabbiy bilan birgamiz. Bilaman, bu oyda bizga oson bölmadi, ammo mavsum yakuniga köra yaxşi natijaga umidvor böliş uçun, hammamiz bir tan, bir jon bölişimiz kerak.
Hozir jamoa bosim ostida qolgan, muxlislar bizni APL kuçli törtligiga kirişimizni istayaptilar. Ammo biz – «Çelsi»miz va bosimga bardoş bera olamiz. Biz ğalaba qozonamiz, har birimiz Sarri uçun, «Çelsi» uçun, fanatlar uçun va özi uçun töp tepadi. Hamma narsada murabbiyni ayblaş kerak emas. Töğri, tarkibni u tanlaydi, biroq, şundan keyin barça javobgarlik futbolçilar zimmasiga yuklatiladi», — deb Azar sözlarini keltirmoqda «Çelsi» sayti.












