Rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy Financial Times naşriga bergan intervyusida Ğarbning Kremlga nisbatan kiritgan hozirgi sanksiyalari «möljalga tegmayotganini» aytdi.
«Amerikaning sanksiyalar siyosati mutlaqo tartibsiz. Ular siyosiy oligarxlarga qarşi sanksiya kiritişi kerak edi. Qolgan barçasi befoyda qoğoz isrof qilişdir», dedi u.
Navalniy Amerika hukumatining Oleg Deripaska tomonidan affillangan UC Rusal va En+ kompaniyalaridan sanksiyalarni olib taşlaş haqidagi qarorini tanqid qildi. Uning fikriça, bu Vaşingtonning «yirik mağlubiyati» hisoblanadi.
Muxolifatçining sözlariga köra, Buyuk Britaniyada Skripallar zaharlanganidan söng «Rossiya pullari»ga qarşi boşlangan kampaniya ta'siri kuçli lobbistlar va yuristlar tufayli boşi berk köçaga kirib qolgan.
Navalniyning aytişiça, Amerikaning yangi sanksiyalar qonun loyihasidagi investorlarga Rossiyaning qarz majburiyatlarini sotib olişni taqiqlaş singari çoralar faqatgina «oddiy rossiyaliklarga» zarar yetkazadi, Kremlga esa heç qanday ta'siri bölmaydi.








