Bloomberg agentligining manbaga tayanib xabar berişiça, Rossiyaga qarşi keskin sanksiyalar deb atalayotgan qonun loyihasi AQŞ Kongressining quyi palatasi - Vakillar palatasida kelasi hafta ovozga qöyiladi.

Qonun loyihasi muallifi Janubiy Karolina ştatidan senator Lindsi Grem bölib, u joriy yil iyul oyida vafot etgan. Avgust oyi boşida mazkur taşabbus AQŞ Senatida ham qöllab-quvvatlangan edi.

Bloomberg manbasiga köra, sanksiyalar paketi respublikaçilar partiya syezdidan qaytgaç körib çiqiladi. Qonun loyihasini Vakillar palatasida qabul qiliş uçun oddiy köpçilik ovozi yetarli böladi.

Hujjat maʼqullansa, prezident Donald Tramp Rossiya nefti va gazini eng köp xarid qiladigan beşta davlatga, şuningdek, Moskvaga energetika sanksiyalarini çetlab ötişda yordam berayotgan yana beşta mamlakatga nisbatan 100 foizlik bojlar joriy etiş imkoniyatiga ega böladi.

Aynan prezident vakolatlarining kengayişi avvalroq Vakillar palatasidagi demokratlarning eʼtiroziga sabab bölgan. Ular qonun loyihasi respublikaçi prezident Donald Trampga tarif siyosati borasida haddan taşqari keng vakolat berişi mumkinligidan xavotir bildirgan.

Reuters maʼlumotiga köra, Vakillar palatasining Reglament qömitasi sanksiyalar böyiça qonun loyihasini 14-sentabr, duşanba kuni kunning ikkinçi yarmida körib çiqişni rejalaştirgan. Qömitada respublikaçilar köpçilikni taşkil etadi.

Agar qömita hujjatni maʼqullasa, şu haftaning özida qonun loyihasi Vakillar palatasining töliq tarkibi ovoziga qöyiladi. U yerda ham yetarli ovoz töplansa, hujjat imzolaş uçun Donald Trampga yuboriladi. AQŞ prezidenti avvalroq uşbu taşabbusni qöllab-quvvatlaşini bildirgan.

Reuters manbasining aytişiça, AQŞ prezidenti maʼmuriyati yangi sanksiyalar Trampga Xitoy rahbari Si Jinpingning AQŞga rejalaştirilgan taşrifi oldidan qöşimça bosim vositalarini taqdim etişini ham taʼkidlagan. Si Jinpingning AQŞga taşrifi 24-sentabrga rejalaştirilgan.

Senatda 86 senator qöllab-quvvatlagan

Rossiyaga qarşi mazkur sanksiyalar loyihasini Senat 28-iyulda - Lindsi Gremning dafn marosimi ötkazilgan kuni muhokama qilişni boşlagan. Grem bir yildan ortiq vaqt davomida uşbu taşabbus Kongressda qöllab-quvvatlanişiga erişişga harakat qilgan.