Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki O‘zbekistondagi gender tengligi darajasini aniqladi
Dunyoda gender tengligiga erisha olgan faqatgina oltita davlat bor, deyiladi Jahon bankining «Ayollar, biznes va qonun - 2019» tadqiqotida. Bu Belgiya, Daniya, Fransiya, Latviya, Lyuksemburg va Shvetsiya.
Avstriya, Kanada, Estoniya, Finlyandiya, Gretsiya, Irlandiya, Portugaliya, Ispaniya hamda Buyuk Britaniya deyarli 100 ball to‘plagan (barchasida 97,5dan). Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Sudan, Eron va Qatarda eng yomon ko‘rsatkichlar - 32dan kam.
O‘zbekiston 70,6 ball to‘pladi. Gvatemala va Kongoda ham taxminan shuncha. Tadqiqotda nomi keltirilgan, sobiq SSSR davlatlari orasida O‘zbekiston so‘nggi o‘rinda - Litva 93,7 ballga ega, Tojikiston - 81,8, Gruziya - 79,3, Ukraina, Ozarboyjon va Belarus - 78,7, Qirg‘iziston - 76,8, Qozog‘iston va Armaniston - 75,6 foiz, Rossiya - 73,1.
187 mamlakat ro‘yxatga kiritilgan. Ekspertlar ularning qonunchilik bazasini baholashdi, mezonlar sifatida so‘nggi 10 yil ichida kiritilgan, ayollar huquqlariga u yoki bu tarzda ta'sir qilgan o‘zgarishlar foydalanildi.
Mavzuga oid
10:35 / 10.07.2026
Jahon banki O‘zbekiston uchun eng istiqbolli uch sohani sanadi
21:16 / 29.06.2026
Jahon banki bilan uzoq muddatli Mamlakat dasturi ishlab chiqiladi
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
11:44 / 23.04.2026