16:16 / 07.03.2019
14008

Komil Allamjonovga o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining o‘rinbosarlari tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Unga ko‘ra, mehnat faoliyatini​ «Jahon» axborot agentligida boshlagan​, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasida press-attashe​ lavozimida ishlagan Avazbek Xojimetov agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U shunga qadar Prezident matbuot kotibi, Prezident matbuot xizmati Axborot-tahlil ishlari bo‘yicha sektori mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Xodjimetov Avazbek Jabbarkulovich

​A. Xojimetov Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida davlat axborot siyosatini amalga oshirish, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish, axborot xavfsizligini ta'minlash, axborot tahlili hamda ommaviy axborot vositalari faoliyatini rivojlantirish kabi vazifalarni bajarish uchun mas'ul bo‘ladi.

Agentlik direktorining boshqa o‘rinbosari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Media markazida Bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan Nargiza Rahimova tayinlandi.

Shuningdek, "O‘qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi​ direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan G‘ayrat Bozorov endilikda agentlik direktori o‘rinbosari lavozimida ish boshlaydi. 

Bozorov Agentlik direktorining o‘rinbosari sifatida litsenziyalash va nazoratni tashkil etish, nashriyot-matbaa sohasi, kitob savdosi va axborot kutubxona resurslari faoliyatini rivojlantirish kabi vazifalarni bajarish uchun mas'ul bo‘ladi.

Top