Prezident Şavkat Mirziyoyev 6-oktabr kuni BMT Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) boş direktori Syuy Dunyuyni qabul qildi.

FAO rahbari Butunjahon paxta kuniga bağişlangan xalqaro konferensiya hamda dengizga çiqiş imkoni bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlarning agrar va oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirişga bağişlangan ikkinçi forumda iştirok etiş uçun taşrif buyurgan.

Özbekiston bilan BMT mazkur nufuzli tuzilmasi örtasida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş va qişloq xöjaligini rivojlantiriş böyiça strategik şeriklikni yanada mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.

Sönggi yillarda amaliy hamkorlik doirasida erişilgan natijalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Yangi beş yillik dastur qabul qilindi. Ayni paytda 27 ta qöşma loyiha faol bosqiçga kirgan.

Özbekiston ilk bor 2028-yildan 2029-yilgaça bölgan davr uçun FAO Kengaşi tarkibiga saylandi. Ertaga Toşkentda dengizga çiqiş imkoniyati bölmagan mamlakatlar uçun Agroinnovatsiyalar xabi işga tuşiriladi.

Uçraşuv davomida yangi hamkorlik dasturini samarali amalga oşiriş, qişloq xöjaligini raqamlaştiriş va sohaga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etiş, iqlim moliyasi mablağlarini jalb qiliş, tajriba almaşiş hamda mutaxassislar tayyorlaş kabi yönalişlarda istiqbolli qöşma loyihalar portfelini işlab çiqişga alohida eʼtibor qaratildi.

Samimiy muloqot yakunida Syuy Dunyuy Özbekiston prezidentining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, qişloq va suv xöjaligini rivojlantiriş sohalaridagi taşabbuslari va erişgan yutuqlarining yuksak eʼtirofi sifatida davlatimiz rahbariga FAO oliy mukofoti – Agricola medalini topşirdi.

BMT FAO taşkiloti tomonidan 1977-yilda taʼsis etilgan Agricola medali oçlikka barham beriş va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş kabi umuminsoniy maqsadlarga erişiş yölida fidoyilik körsatgan hamda amaliy çoralarni amalga oşirgan atoqli arboblarga beriladi.