Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik kibersportchi JChda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha Markaziy Osiyodan yagona vakil sifatida qatnashadi
Kibersport bo‘yicha Xitoyda o‘tkaziladigan Jahon chempionatida (WESG) ishtirok etuvchi O‘zbekiston vakili Salohiddin Esanov bugun, 8 mart kuni musobaqaga jo‘nab ketdi. U Pro Evolution Soccer-2019 bo‘yicha Markaziy Osiyo uchun ajratilgan yagona yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
Ushbu yo‘nalishda jahonning 20 nafar kibersportchisi ishtirok etadi. Guruh bosqichi bahslari 11 mart kuni start oladi. Esanov Xitoy, Gretsiya, Indoneziya va Marokash vakillari bilan birga «C» guruhidan joy olgan. Salohiddin ilk bahsni 11 martda mezbon mamlakat kibersportchisiga qarshi o‘tkazadi.
Ma'lumot uchun, WESG`ning Pro Evolution Soccer yo‘nalishida umumiy sovrin jamg‘armasi 52,5 ming dollarni tashkil etadi, bu summa eng yuqori uchta o‘rin egasi o‘rtasida taqsimlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda elektron-kompyuter sporti 2018 yil sentyabrida rasmiy sport turlari ro‘yxatiga kiritilgan edi. Ushbu sport turi bo‘yicha ichki musobaqalar O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ko‘magida tashkil etib kelinmoqda.
Mavzuga oid
15:43 / 04.03.2026
Harbiylar o‘rtasida kibersport, dron va robot musobaqalari o‘tkaziladi
22:05 / 08.04.2024
Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi Kibersport arenasida yoshlar bilan uchrashdi
13:12 / 17.11.2022
Kibersport bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi
14:30 / 11.11.2021