Öğrilik bir qaraşda erkaklarning odatidek tuyuladi. Lekin tarixda şunday öğri ayollar, firibgarlik bilan şuğullangan xonimlar ötganki, ular zaifalar bölsalar-da, kuçli jins vakillarining ança-munçasini ortda qoldirganlar.

Sonka «Zolotaya Ruçka»

Foto: Korrespondent

Rossiya imperiyasi tarixidagi eng maşhur öğri ayol – Sonka «Zolotaya Ruçka» (Şeyndlya-Sura Leybovna Solomoniak) 1846 yilda yahudiy oilasida tuğildi. Otasining qonunbuzar döstlari köp bölib, bu holat uning tarbiyasiga ta'sir qilmay qolmaydi.

Sonka imperiyaning çeksiz hududlarida soçilib ketgan yirik şaharlarni aylanib yurarkan, yuzlab odamlarni ship-şiydam qilib ketgan. Uning domiga ilinganlar orasida savdogarlar, bankirlar, harbiylar, sudxörlar, turli-tuman amaldorlar, qöyingki puli bölgan barça soha vakillari bölgan.

Eng maşhur va samarali usulini u poyezdlarda va mehmonxonalarda qöllardi. Poyezdda boyvaççaning çoyiga uyqu dori berib bor-budini ömarsa, mehmonxonada badavlat odam yotgan xonaga tong sahar  kirib borar, agar u uyğonmasa, borini supurib ketar, uyğonib qolsa darhol yeçinişni boşlar va keyin xonani adaştirib yuborganini bahona qilardi. Şu usul bilan u birgina general Frolovning xobgohidan 240 ming rublni öğirlab ketadi. Bu 5-10 sömga qöy, 30-50 sömga qoramol sotib oliş mumkin bölgan davrlardagi öğirlik edi.

Köplab marta qamalişiga qaramay öz odatidan voz keçmagan bu ayol haqida pesalar sahnalaştirilgan, filmlar işlangan, kitoblar yozilgan.

Kessi Çedvik

Foto: Vikipediya

XIX asrda yaşab ötgan bu ayol 14 yoşidayoq çeklarni qalbakilaştirib qölga tuşgan. Keyinçalik u folbinlikni odat qilib, Amerika şaharlari böylab kezganiça mijozlarini çuv tuşirişga kirişadi va aql bovar qilmas boylikni ömaradi.

1897 yilda u öz davrining eng badavlat işbilarmonlaridan biri bölgan Endryu Karnegining uyi yoniga boradi va özini xuddi uyga kirib çiqqanday tutib, atrofdagilarga Karnegi imzosi bölgan 2 million dollarlik veksel körsatadi va özini Karnegining nikohdan taşqari qizi deb taniştiradi. Qiyoslaş uçun oddiy işçining bir kunlik maoşi öşa paytlarda 1 dollar atrofida bölgan.