Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Navbahor» - «Qo‘qon-1912» o‘yinidan qaytayotgan namanganlik muxlislar avtohalokatga uchradi
10 mart kuni Superliga 1-turi doirasida «Navbahor» va «Qo‘qon-1912» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Toshkentda o‘tkazildi. 1:1 hisobida yakunlangan ushbu o‘yindan so‘ng fojiali holat sodir bo‘ldi.
Tribuna.uz xabariga ko‘ra, «Navbahor»ning 5 nafar muxlisi bo‘lgan «Neksiya» avtomashinasi To‘raqo‘rg‘onda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan «Damas» avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Kun.uz ma'lumotiga ko‘ra, ikki avtomashina to‘qnashuvi oqibatida jami 4 kishi halok bo‘lgan, 5 kishi shifoxonaga joylashtirilgan.
Ayni vaqtda jabrlanganlarning ahvoli haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. Hozircha IIV bu hodisa haqida rasmiy ma'lumot bermadi.
Qayd etish kerakki, «Navbahor» - «Qo‘qon-1912» o‘yini Namangandagi stadion mavsumga tayyor bo‘lmagani sabab Toshkentda o‘tkazilgandi. Avvalroq bu o‘yinni Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida o‘tkazish taklifi ham paydo bo‘lgan, lekin o‘yin Toshkentda o‘tkazilishiga kelishilgandi.
Mavzuga oid
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:37 / 04.06.2026