Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar FVB boshlig‘i tayinlandi
Toshkent shahar FVB tizimida yangi lavozim o‘zgarishi ro‘y berdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan, Muxtor Yashnarovich Muhitdinov Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Muxtor Muhitdinov 1973 yilda tug‘ilgan. Bundan avval Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparati Tezkor boshqarmasida ishlagan.

Ma'lumot uchun: Tashkiliy-tezkor boshqarmasi aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasiga oid qonun va me'yoriy-huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishini nazorat qilinishini ta'minlash, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda tezkor tayyorgarlik va tezkor rejalashtirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining buyruqlari, direktivalari va farmoyishlari, Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari, direktivalari, yo‘riqnomalari va ko‘rsatmalarini tegishli qismida bajarilishini nazorat qilish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
19:44
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026
Toshkent va Ammon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29 / 25.06.2026