9 mart kuni soat 17:30da Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi qoşidagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş departamenti bölimiga xabar kelib tuşdi, deb ma'lum qilmoqda poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Xabarda ma'lum qilinişiça, 23 yanvar kuni soat 17:00da mas'uliyati çeklangan jamiyat rahbari 48 yoşli B.B. va 64 yoşli L.Ye. 43 yoşli M.G.ga 2 dona brilliant xarid qilişni taklif etişgan. Brilliant sifatida esa heç qanday qiymatga ega bölmagan ikkita qora toşlar körsatilgan. Oldi-sotdi vaqtida jabrlanuvçidan 15 ming AQŞ dollari olayotganda ular qölga olindi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilaş palatasining xulosasiga köra, toşlar qimmatbaho hisoblanmaydi va heç qanday qiymatga ega emas.
Uşbu fakt asosida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi qoşidagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş departamenti bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (“Firibgarlik”) böyiça jinoiy iş qözğatildi.












