«Yuventus»ning keçagi ajoyib ğalabasi futbol olamida asosan bir nom - Kriştianu Ronaldu bilan boğlandi. Portugaliyalik hujumçi Turinga aynan nima uçun kelganini het-trik bilan namoyiş etdi va jamoasini keyingi bosqiçga olib çiqdi. Ammo yana bir futbolçi borki, uning keçagi harakatlari Ronalduning gollari soyasida qolgan bölsa-da, ğalabaga qöşgan hissasi kam emasdi.
Federiko Bernardeski Kriştianuning ilk goliga assistentlik qilgan bölsa, öyin oxirlarida aynan uşbu futbolçining reydi penalti bilan yakunlandi. 2-3 yil oldin Italiyada tillarga tuşgan va «Yuventus»ning muhim bölagiga aylana boşlagan Federikoning ThePlayersTribune loyihasiga aytib bergan hikoyasini e'tiboringizga havola qiliş uçun ayni fursat hozir.
Karrarada oq rang sal boşqaça körinadi. Marmarlar şahri. Köpçilik şunday deb ataydi. Men öşa yerdanman. Bu rayon çiroyli oq marmarlari bölgan ulkan karerlari bilan maşhurdir.
Otam, bu yerda istiqomat qiladigan aksariyat odamlar singari, marmar sexida işlardi. Uzoq yillar, uzoq soatlar. Rostanam ham juda köp işlardi, har kuni soat beşda ketar va keçki oltilardan uyga qaytib kelardi. Uning bu hayotda bilgani şu, tabiiyki, oilamizning ham.
Bolaligimda atrofimizda şu qadar köp marmarlar bölardiki, hatto tuşlarimga kirib çiqadi. Ayniqsa, olti yoşimdan juda köp bor mening köz öngimda namoyon bölgan bir manzara doim ta'qib qiladi. Manzara demayin-u, kiçik bir lavhaga öxşatiş ham mumkin. Tuşlarimda yoki biroz vaqtga közimni yumib turganimda, aynan öşa lavhalar köz oldimdan ötardi:
«Uzun tunnel... Avvaliga hammayoq qoronği, biroz ötib esa, qayerdandir yoruğlik paydo böladi. Bu marmarmi yoki tunnel oxiridagi çiroqmi, farqi yöq, muhimi, aynan öşa yoruğlik meni tunneldan olib çiqardi. Göyoki men özim istagan joyga aynan öşa yoruğlik orqali çiqib olaverardim».
Bolaligimda buning ma'nosini anglamagan bölsam kerak. Çunki, u paytlarda biror joyga ketişga hojat yöq, hammasi meni qoniqtirardi. Hayotimni sevardim, oilam bor, futbol menga hamroh edi. Bola uçun yana nima kerak? Uç yoşimda dadam meni öyinçoq sotadigan dökonga olib borganida, men u yerga kirişim bilan futbol töpini körib qolgan va quçoqlab olib, böldi, endi ketaylik, deb turib olgan ekanman. Otam boşqa bölimlarni ham aylantirmoqçi bölsa, men boşqa narsa kerak emas, deb turib olganman.
Bu – mening xarakterim. Yöq, bu bizning xarakterimiz. Karraradan bölsangiz, siz ham xuddi biz kabi qat'iyatlisiz. Şunçaki, buni Jiji Buffondan ham sörab körişingiz mumkin.
Onam uyimizga yaqin bölgan bir şifoxonada hamşira bölib işlardi. U juda qattiqqöl, şu bilan birga mehribon edi. U va otamning menga bölgan munosabatida doim muvozanat saqlanardi, ba'zida otam mendan köp narsa talab qilar, jiddiy bölar, bu vaqtda onamning mehri yordamga kelardi. Yoki ba'zida aksinça ham bölardi.
Otam mendan doim köproq narsa kutar, bilasizmi, avvaliga bu rosa jahlimni çiqarardi. Lekin ulğaygaç, hammasini tuşundim, u menga işonardi – şunça öyinçoq turib, töpni tanlagan qat'iyatli bolakaydan bir nima çiqişini sezgandi.
Şahrimiz juda kiçkina, bolalar futbol jamoalari u qadar köp bölmagan. Oilamiz bir qarorga keldi: sakkiz yoşimdan Ponsanodagi futbol maktabiga qatnay boşladim. Bu maktab «Empoli»ga qaraşli jamoalardan biri bölib, uyimizdan yetmiş mil uzoqda joylaşgandi. Har kuni oyim meni sal vaqtliroq, soat 3:15larda, dars tugaşiga 45 daqiqa qolganda maktabdan olar va qölimga isitilgan pasta bilan bir stakan çoy berardi. Bu men uçun eng yaxşi tuşlik edi. Keyin qirq daqiqalik yölda Pizaga yetib olardik va yana Empoliga boriş uçun yarim soat yurişimizga töğri kelardi. Doim maşğulotlarga zörğa ulgurar, avtobusdayoq kiyim almaştirib, butsalarimni kiyib olişimga töğri kelardi.
Ikki soat ötib maşğulotlar tugaydi va yana xuddi öşa yöldan uyga qaytamiz. Soat sakkizda uydan çiqib ketgança, keçki soat 11largaça men öz karavotimni körmayman ham. Juda köp yillar, haftaning tört kuni xuddi şu tarzda ötardi.
Oson emas. Lekin juda zarur edi. Keyinroq, «Fiorentina» bilan şartnoma imzoladim. Florensiya yanada uzoqroq, xuddi öşa trassada, lekin köproq yurişimizga töğri kelardi. Bu yöllarning barida menga onam hamroh bölgan. Ayniqsa, eng oğir damda.
16 yoşga tölib, kattalar jamoasiga ötişimga yaqin qolgandi. Öylaymanki, öşanda juda yaxşi öynardim. Lekin odatiy tibbiy tekşiruv natijasida muammo paydo böldi. Bir neça kun ötib, vraçlar men bilan onamni öz xonalariga çaqirişdi.
- «Federiko, körinişidan, jiddiy muammo bor».
Men endigina 16 yoşdaman, otdek soğlomman, qanday muammo bölişi mumkin?
- «Yuraging yaxşi emas. Bu qançalik ta'sir qilişini aniq ayta olmaymiz, ammo futbol bilan şuğullanişda davom etmasliging kerak».
Nima? Bölişi mumkinmas. Men eşitganlarimga işonmasdim. Onam bunday talab men uçun nima ekanini yaxşi bilar, lekin özini ança xotirjam tutişga urinardi.
- «Biz yana bir neça hafta tekşiruvda davom etişimiz kerak. Hozirça, kamida olti oy futbol öynamay turasan», – deydi doktor.
Faoliyatimdagi eng muhim va ötiş davrida bunday vaziyat yuzaga kelişi juda yomon xabar edi. Juda oğir kun böldi.
Bir özim, 16 yoşda, Florensiyada yaşar va deyarli heç narsa qilmasdim. Ota-onam hali ham Karrarada işlaşar, imkon tuğilgan zahoti mendan xabar olişardi. Özingiz tuşunasiz, moddiy muammolar ham bor. Men özimni turli işlarga çalğitişga urindim, lekin, qiyin böldi, hayotimdagi eng oğir olti oyi öta boşladi. Sanoqsiz tibbiy köriklar, diyetalar, dori-darmonlar, şu tariqa men bu tösiqni ham bosib ötdim.
Va negadir öşa onlarda bolalikdagi yuqorida sizga aytib bergan tuşni, tasavvurimdagi lavhani tez-tez xotirlaydigan böldim. Qoronği tunnel, u yerdagi yoruğlik, meni maqsadim sari yetaklagan yöl... Men bu manzarani yillar böyi kördim va öylaşimça, qaçonki hayotingizda oğir sinovni bosib ötsangiz, hammasini tuşunasiz. Maqsadning qadriga yetasiz.
Şuning uçun ham, 2014 yilda A Seriyada debyut qilganimda ham, 2016 yilda terma jamoadan çaqiruv olganimda ham, şukr qilişni, öz holatimni köproq qadrlaşni öylardim avvalo. Albatta, men öşa manzilga atrofimdagilarning yordami va quvvatlaşlari bilan yetib kelgandim.
«Fiorentina»dagi faoliyatimdagi ikki holat alohida e'tiborga molik deb hisoblayman. Birinçisi, Paulo Souza. Murabbiyimiz mendan maslahatlarini ayamasdi. U mening juda iqtidorli ekanimni aytar ekan, şu bilan birga, çempion böliş uçun bu yetarli emasligini uqtirardi. Maydonda va uning taşqarisidagi har bir harakating, mehnating, faqat ğalabaga qaratilişi kerak, haqiqiy buyuk futbolçilar mana şu xarakter orqali öz manzillariga yetib boradilar, derdi u.
Ikkinçisi, sardorimiz Devide Astori bilan juda yaqin edik.
Foto: Gabriele Maltinti/Getty Images
Bilasizmi, u tuğilganidanoq yetakçilikni gardaniga olgan insonlar toifasiga kirardi. Har kuni, har maşğulotda u bizni öz ortidan ergaştirardi. Asosiy tarkibga endi qöşilgan paytlarimda, u bilan turli maşğulotlar ötkazardim va öşanda ham u öz maslahatlarini ayamasdi. Safar çoğlarida köp vaqtni men Devide bilan ötkazardim, birga öyin öynar yoki eski filmlarni tomoşa qilardik. Asosiy tarkibda debyut qilganimda ham, ba'zida yomon formaga tuşib qolib, zaxirada ötirib qolganimda ham uni tinglardim.
Qiziği, har safar gol urganimda, keçqurun klub fotografi golni nişonlayotgan çoğimdagi suratimni elektron poçtamga jönatardi va qarangki, har safar meni tabriklagani birinçi bölib Astori kelayotgan bölardi suratda. Haqiqiy döst, haqiqiy sardor.
U 2018 yilning martida vafot etdi. U 30 yoşda edi. Atigi 30! Gaplarimdan, albatta, u haqiqiy, kuçli erkak edi, töğri, ammo kim uçundir u ham bir bolakay, kimningdir dilbandi edi, töğrimi?
Devidening yuragi töxtab qolgandi. Bu menga köproq ta'sir qiladi, özimda ham yuragimda muammolar bölganini, yodga soladi, şu bilan birga hammamizda ham vaqt ozligini, hayotda ekanimizning özi ham katta omad ekanini anglatadi göyo.
2017 yilda «Yuventus»ga ötayotganimda ham Devide haqida köp öylagandim – eski gollarimni tomoşa qilib, yonimda qölini tepaga kötarib, maydon markaziga qarab yugurib ketayotgan sardorimizga pand berayotgandek tuyulgandim özimga. Ketiş oldidan u bilan gaplaşdim. Hammasini tuşundi. Oson bölmasa ham.
U vafot etgaç, öng qölimga, Yeva Mariya duosi bilan birgalikda Devidening raqamini ham yozdirib oldim. Endi qayerga borsam, u men bilan birga.
Men e'tiqodli insonman. Meni doim öylantiradigan narsa, hayotga nega kelganimiz, nima maqsadda yaşaşimiz kerakligi. Bu hayotimizdan yaxşiroq hayot borligiga işonaman va bir kun öşa manzilga boriş uçun harakat qiliş lozimligini bilaman. Qaçonki, bu menga nasib etsa, men uçraşişni istaydigan ilk inson ham aynan Devide Astori böladi.
Bularning hammasi mening kim ekanligim va kim bölmoqçi ekanligimning ajralmas bir parçasidir. Hozir «Yuventus»da ekanimdan faxrlanaman. Bu klub va Turin şahri oldingi jamoalarimga öxşamaydi. Bu yerga boğlangan har bir inson faqat ğalaba haqida öylay boşlaşi haqiqat. Murabbiydan tortib, klub oşpazigaça faqat ğalaba qozonişni istaydi. Ğoya şu.
«Yuventus» libosini egnimga ilişim bilan yana öşa tunnel va marmarlar haqida öylay boşlayman. Qora va oq. Hammasi bor. Öşa qoronğu yöl meni juda uzoqlarga olib keldi.
Bundan keyin nima bölişidan qat'i nazar, men özimga kerakli narsani oldim.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi