Xalqimiz yetti xazina deganda, sigir, tovuq, asalari, ipak qurti, objuvoz (moyjuvoz), tegirmon va örmonni nazarda tutadi. Bu bejiz emas. Fikrimiz tasdiğini birgina asalari misolida köradigan bölsak, uning asali, zahri, suti, propolisi, gulçangi ming dardga davo, mumidan esa sanoatimizda keng foydalaniladi. Paxta dalalarida ğöza gullagan davrda bir milliondan köproq asalari oilalarini boqiş mumkin. Ayni paytda respublikamizda 460 mingdan ziyod asalari oilasi mavjud.

Ipak qurti esa pillaçilikda ança asqotadi. Mazkur soha agrar tarmoqning asosiy yönalişlaridan biri. Uning mahsuloti tabiiy ipak oliş manbayi bölgan ipak qurti pillalari hisoblanadi. Jahon bozorida ipak mahsulotlariga bölgan talabning tobora oşib borayotganligi öz navbatida, mamlakatimizda pilla yetiştiriş hajmlarini bosqiçma-bosqiç oşiriş va sifatini yanada yaxşilaşni taqozo etmoqda.

Respublikaning tabiiy iqlim şaroitida har ikkala soha turlari bilan şuğullanib, yaxşigina daromad oliş uçun serasal ösimliklarni köpaytiriş, asalari oilasini tezkor texnologiya yöllari bilan boqiş, ipakçilikda tutzorlarni köpaytiriş, inkubatoriy va qurtxonalar uçun binolarni tanlaş, ularni isitişga oid qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, yurtimizning barça hududlarida “Ipak qurti yetti xazinaning biri” va “Asalariçilik sirlari” mavzularida master-klasslar ötkazilyapti.

Özbekiston yoşlar ittifoqi, Özbekiston yoş fermerlari Kengaşi hamda “Özbekistonasalariçilari” va “Özbekipaksanoat” uyuşmalari bilan hamkorlikda Urganç tuman qişloq xöjaligi kasb-hunar kollejida “Asalariçilik sirlari” böyiça mahorat darslari taşkil etildi.

Unda işsiz yoşlarni kasbga örgatişga, ular örtasida asalariçilikni keng tarğib etişga alohida e'tibor qaratildi. Sohaning tajribali mutaxassislari ma'ruzalarida asalariçilikda veterinariya xizmati, asalarilar hayoti va ularda uçraydigan kasalliklar hamda hozirgi kunda asalarilarni parvarişlaşga qaratilgan imkoniyatlar böyiça iştirokçilar bilim va könikmalarini yanada oşirdi.

Öquv davomida Xorazm viloyati asalariçilik uyuşmasi rahbari Orif Yunusov qatnaşçilarni Xorazm viloyati asalariçilik uyuşmasining faoliyati, maktab tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va belgilab berilgan talablar bilan taniştirib ötdi.