AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞning Google kompaniyasini Xitoy harbiylariga yordam berişda aybladi. 

“Google AQŞga emas, Xitoy va ularning harbiylariga yordam bermoqda. Yaxşi yangilik şundaki, ular Trampga emas, qallob Xillari Klintonga yordam berişgan. Xöş, bularning barçasi nima bilan yakunlandi?”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Tramp şu tariqa Klintonning 2016 yilgi prezident saylovlaridagi mağlubiyatiga işora qilgan.

14 mart kuni Pentagonda Google’ning Xitoy bilan hamkorlik qilişi böyiça xavotir bildirilgan. AQŞ ştablari boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi general Jozef Danford kongressdagi nutqida “Google Xitoyda olib borayotgan işlar xitoylik harbiylarga foyda keltirayotganini” aytgan. Öz navbatida mudofaa vaziri vazifasini bajaruvçi Patrik Şenaxan Xitoy AQŞ kompaniyalaridan texnologiyalarni öğirlaş bilan şuğullanişi, Google esa AQŞ mudofaa vazirligi dasturlarini qöllab-quvvatlaş uçun “yetarliça istak” bildirmayotganini ta'kidlab ötgan.