Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Zenit» mehmonda «Spartak» bilan durang o‘ynadi: TsSKA bilan oradagi farq 5 ochkogacha qisqardi
Rossiya Premer-ligasining 20-turi doirasida Moskvaning «Spartak» klubi Sankt-Peterburgning «Zenit» klubini qabul qildi va uchrashuv durang natija bilan tugadi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limining 13-daqiqasida mezbonlardan Glushakov tomonidan urilgan golga, 27-daqiqada Barrios javob qaytardi. O‘yin so‘ngiga qadar hisobda o‘zgarish bo‘lmadi.
Peterburg klubi Rossiya chempionatida ikkinchi o‘rinda borayotgan TsSKAdan 5 ochkoga o‘zgan holda turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda. «Spartak» esa 33 ochko jamg‘argan holda 5-o‘rinda bormoqda.
Rossiya Premer-ligasi. 20-tur
«SPARTAK» (Moskva) – «Zenit» (Sankt-Peterburg) 1:1 (1:1)
Gollar: Glushakov (13) – Barrios (27).
«Spartak»: Selixov, Kutepov, Jikiya, Rasskazov, Ayrton, Melgarexo (Lomovitskiy, 79), Tashayev (Glushenkov, 73), Glushakov (Umyarov, 85), Zobnin, Xanni, Luis Adriano.
«Zenit»: Lunev, Smolnikov, Ivanovich, Rakitskiy, Kuzyayev, Jirkov, Rigoni (Ozdoyev, 87), Noboa (Driussi, 56), Barrios, Dzyuba, Ozmun (Shatov, 74).
Ogohlantirishlar: Jikiya (34), Smolnikov (45), Ozmun (55), Zobnin (57), Glushakov (61), Xanni (86), Barrios (90).
Mavzuga oid
20:08 / 02.09.2022
Oston O‘runov «Spartak»dan Rossiyaning boshqa klubiga o‘tdi
14:48 / 12.02.2021
O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston milliy jamoasi «Zenit»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
02:45 / 31.01.2021
Turg‘unboyevda debyut, «Paxtakor»da alamli mag‘lubiyat. Dubay harorati sezilgan eksklyuziv fotogalereya
19:07 / 30.01.2021