Yangi Zelandiyada vahshiyona terrorchilik hujumi qurbonlari xotirasiga Turkiya Superligasining 26-turidan o‘rin olgan «Fenerbaxche»-«Sivasspor» o‘yini Turkiya madhiyasi bilan emas, takbir bilan boshlandi.
Futbolchilarning og‘zidan yangragan «Allohu akbar, Allohu akbar! La ilaha illollohu, Allohu akbar! Allohu Akbar va lillahil hamd!» so‘zlariga butun stadion jo‘r bo‘ldi.
O‘yin «Fenerbaxche»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.















