O‘zbekiston | 16:41 / 19.03.2019
5770
3 daqiqa o‘qiladi

Navro‘z kunlari Samarqand shahrining ayrim ko‘chalarida avtotransport harakati cheklanadi

Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimovning farmoyishiga ko‘ra, Samarqand shahrida 21 mart kuni Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan jamoat tartibini saqlash va yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanishi e'lon qilindi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligining rasmiy saytida xabar qilinmoqda.

Shahar hokimi farmoyishi bilan Samarqandning quyidagi ko‘chalarida bayram kunlari avtotransportlar harakati cheklanadi.

  • Abdurahmon Jomiy ko‘chasining O‘zbekiston ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
  • Universitet xiyoboni ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Orzu Mahmudov ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida ikki tomonlama;
  • Bobir Mirzo ko‘chasining Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Abdurahmon Jomiy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
  • Bo‘stonsaroy ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
  • Shohrux ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
  • Ruhobod ko‘chasining Amir Temur maqbarasi oldidan Registon ko‘chasi tutashmasigacha bo‘lgan qismida;
  • Amir Temur maydonidan «Hamid Olimjon» nomidagi musiqali drama teatriga kirish ko‘chasida va Ko‘ksaroy maydonida;
  • Registon ko‘chasining Universitet xiyobonidan Dahbet ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
  • Beruniy ko‘chasining Qozizoda Rumiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Rudakiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
  • «Yoshlik» istirohat bog‘ining yonidagi tor ko‘chada;
  • Bag‘dod ko‘chasining Al-Xorazmiy ko‘chasi bilan tutashmasidan 42-umumta'lim maktabining yonidagi 1-tor ko‘chagacha bo‘lgan qismida.

Shuningdek, 22 mart kuni quyidagi ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha taqiqlanadi:

  • Kimyogarlar shaharchasi Umid ko‘chasining Ziyolilar ko‘chasidan «Kimyogarlar» madaniyat saroyigacha bo‘lgan qismida;
  • So‘lim (Xishrav) shaharchasi istirohat bog‘i oldidan o‘tuvchi ikkita ko‘chada;
  • Farhod shaharchasi «Zarafshon» istirohat bog‘i oldidan o‘tuvchi ikkita ko‘chada. 
Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid