Samarqand viloyati, Qöşrabot tumanida istiqomat qiluvçi S.Ğ.dan tahririyatimizga xat keldi. Hikoyadan ma'lum bölişiça, 32 yoşli S.Ğ. 2018 yilning dekabrida 35 yoşli B.Q.ga turmuşga çiqadi.

«Turmuşim uzoqqa çözilmadi: gözal va çiroyli oila quraman deb turmuşga çiqqandim, afsuski, aldandim. Turmuşimdan uç kun ötib, har kuni spirtli içimlik içib kelib ura boşladi, lekin hammasiga çidadim. Uydagilarga, ya'ni ota-onamga gap yetkazmaslikka harakat qilib keldim.

Bir kuni yaqin qarindoşlarim — ota-onam mehmon bölib kelişdi. Şunda mening közlarim kökargan, erim ança tan jarohat yetkazgan edi. Keyin ular mendan közlarimga nima bölganini söraşdi. Men esa  heç nima bölmaganini aytdim va oilamni dedim: erim vaqt ötib içişdan voz keçib, yaxşi böladi degan umidda edim. Ota-onam «yaxşi yaşanglar, urişmanglar», deb nasihat qilib ketişdi.

Men yaqin qarindoşlarim bilan telefon orqali gaplaşa olmasdim. Sababi — telefon yöq, svet yöq, qişloq aholisidan ança olisda yaşardik, bayramlarda tabriklab qöyay, desam iloji yöq: heç qayerga çiqarilmasdan yaşadim. Jonimdan qattiq ötkazib xörlaşlar davom etar edi.

Tuğilgan kunimga ota-onam, yaqinlarim kelişdi. Hammamiz onam pişirib kelgan non-kulçalarga tölib toşgan dasturxon atrofida ötirdik.

Mehmonlar ketişgaç, keyin yana katta janjal boşlandi: «uydagilaring yotib ketişmadi», «köp ovqat yeyişmadi», «sening onang yomon, otang yomon», deb menga «tilingdan tilxat yozasan: öz-özimni öldirdim, mening heç kimdan da'voim yöq», deb, bir qölida piçoq bilan böynimga niqtadi. Keyin «seni öldiraman, mana buni iç!» — deb aroqni oğzimdan majburlab quydi. Söng dasturxonda turgan non-kulçalarni oyoği bilan tepib, «onang yopgan nonga tupurdim», deb idiş-tovoqlarni sindirib, şişa siniği bilan tanamga qattiq jarohat yetkazdi. Badanim qonga belandi.

Uydan qoçib çiqişni öylardim: bu qöli qon inson bilan yaşaş qiyinligi aniq edi. Şu keça turmuş örtoğim bir qölida piçoq, bir qölida aroq bilan uxlab qoldi. Bundan foydalanib, derazadan qoçib çiqib, qoronği tunda toğma-toğ oşib, tuman tibbiyot markaziga yetib keldim. Şifokorlar yordami bilan uydagilarimga xabar berildi, meni körib ota-onam qörqib ketişdi.

Keyin Qöşrobot tuman IIBga xabar berişdi. Hozirgaça suriştiruv işlari davom etmoqda. Endi bu inson bilan yaraşiş niyatim yöq».

* * *

Biz mazkur xatni yöllagan juvon bilan telefon orqali suhbatlaşdik. Söngra oilada yuz bergan bunday zöravonlikka qanday çora körilgani bilan qiziqdik.