Pedofilik moyillikni oldindan aniqlaş mumkinmi? Bunday insonni taşqi körinişi yoki xulqidan tanib oliş mumkinmi? Bolalar bilan işlaydigan odamlarni qanday tekşiriş kerak? Eng muhimi, bolani xavfdan himoya qiliş uçun unga nimani örgatiş lozim? Kun.uz klinik psixologlar Guli Törayeva va Elçin Tolibov bilan şu mavzu atrofida suhbatlaşdi.
Pedofillar bolalar köp joyni tanlaşadi
Elçin Tolibovning taʼkidlaşiça, pedofiliya xalqaro kasalliklar klassifikatsiyasida mavjud bölgan holatlardan biri. Pedofiliya har doim ham oçiq-oşkora namoyon bölmaydi. Şuning uçun insonda bunday moyillik bor-yöqligini taşqi xulq-atvorga qarab aniqlaş oson emas. Amerika Psixiatrlar Assotsiatsiyasining ruhiy kasalliklar diagnostikasi va statistikasi qöllanmasida pedofiliyaga xos diagnostik mezonlar belgilangan. Unda şaxsning yoşi, bola bilan yoş farqi va boşqa omillar hisobga olinadi. Bunday holatni baholaşda muayyan vaqt davomida kuzatiladigan moyillik va xulq-atvor ham inobatga olinadi.
«Aslida pedofilizmga moyil bölgan şaxslar birinçi navbatda özini öşa muhitda köproq topişga harakat qilişadi. Masalan bolalar bor bölgan zonalar: maktab, boğça, bolalar köp bölgan muhitlar topişga harakat qilişadi va aynan öşa yerga köproq faoliyat yuritişga moyil bölişadi. Birinçi mezonlardan biri hisoblanadi. Va aynan qöşimça sifatida aytişimiz mumkin pedofilizmga moyil bölgan insonlar köpinça öşa aldamçilikka moyil, yoki bölmasam aynan boşqa xulq-atvor buzilişlari bilan köpinça birgalikda keladi.
Hozirgi paytgaça aynan öşa olimlar, tadqiqotlar pedofilizmning aniq bir sabablarini oçiqlab beriş olmagan. Turli xildagi taxminlar bor. Aynan hattoki şunaqa bir nazariya ham borki özi yoşligida jinsiy zöravonlikka uçragan insonlarda pedofilizmga moyillik xavfi yuqoriroq bölişi haqidagi tadqiqotlar ham mavjud hisoblanadi. Birinçi navbatda buni inobatga olişimiz kerak. Ikkinçidan bu haddan taşqari öşa zöravonlik muhitida yaşaş. Bu jinsiy bölişi mumkin, jismoniy zöravonlik bölişi mumkin. Mana şu zöravonlik muhitida yaşaş ham insonni aynan bolalarga nisbatan öşa pedofilizmga moyillikni kuçaytirişi mumkin», deydi u.
«Boğça va maktabga işga qabul qilinayotgan mutaxassislar uçun psixodiagnostika kerak»
Guli Törayevaning fikriça, bolalar bilan işlaydigan muassasalarda xavfning oldini oliş uçun işga qabul qiliş jarayoniga çuqur klinik-psixologik baholaşni kiritiş masalasi körib çiqilişi kerak.
“Bolalar bölgan boğçalar, maktablarga işga olinayotgan har bir mutaxassis klinik psixologik diagnostikadan, taşxisdan ötkazilişi kerak. Bu yerda öşa insonlarning psixologik portreti aniqlab olinadi. Bizlar heç qaçon «sen pedofilsan» yoki «sen şaxsiyatingda özgariş bor» deb töğridan töğri heç kimga ayta olmaymiz. Lekin qabul qilinayotgan har bir mutaxassis agar mana şunaqa klinik psixologik tekşiruvlardan ötkaziladigan bölsa, ular orasidan xavf guruhlarini ajratib oliş mumkin. Ayrim insonlar bor: ularning şaxsiyatida buziliş, depressiyaga moyilligi bor, qanaqadir zöravonlik olgan, özining ruhiy oğir travmatik tajribalari bölgan insonlarni xavf guruhiga olib, bolalar bilan işlaşda ularni işga olmaslik kerak böladi».












