Ispaniyaning Marca gazetasi 8-sentabr kuni Fransiya milliy jamoasi boş murabbiyi Zinedin Zidanga tegişli deyilgan Lionel Messi haqidagi fikrlarni öz içiga olgan materialni çop etdi.

Naşr versiyasiga köra, Zidan göyo 2026-yilgi «Oltin töp» uçun argentinalikka «yuz marta ovoz berişga tayyorligini» aytgan, uning 39 yoşdagi öyinlarini «ğayrioddiy» deb atagan va Messining tarixdagi eng buyuk öyinçi maqomiga şubha qiliş «futbolni tuşunmaslikni» anglatişini taʼkidlagan.

Marca naşri bu sözlarning manbasini körsatmadi. Matnda na intervyu, na matbuot anjumani, na biror audioyozuv bor edi. Şu kuniyoq Marca naşriga tayanib köplab nufuzli naşrlar - Goal, Yahoo, Gulf News va boşqalar bu iqtiboslarni qayta çop etib, tarqatdi.

Oradan bir kun ötgaç, Marca saytidan uşbu bahsli iqtiboslar ğoyib böldi. Tahririyat bu borada na raddiya eʼlon qildi, na uni öçiriş sababini izohladi. Zidanning özi va Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) ham vaziyat yuzasidan sukut saqladi.

Uşbu materialni tarqatgan Şveysariyaning Watson portali Marca tekşirilmagan maʼlumotni çop etgan bölişi mumkinligini taxmin qildi. Iqtibosning asl manbasi - parodiya akkaunt, avtomatik yaratilgan matn yoki bayon qilişdagi xatolik bölişi mumkin.

2354657513cb461d9813ea7b67436079
Yahoo
Foto:

Nega Zidanning sözlari şov-şuv keltirib çiqardi?

Bunday şov-şuvga sabab nafaqat iqtibosning mazmuni, balki u nisbat berilgan şaxs hamdir. Zidan - «Real»ning sobiq öyinçisi va murabbiyi, Kriştianu Ronaldu bilan birga Çempionlar ligasining uç karra ğolibi. «Barselona» va Messi esa «Real» uçun qariyb yigirma yil davomida asosiy raqib bölib kelgan. Zidan Madrid klubini boşqargan paytda «Ronaldu yoki Messi?» degan savolga boşqaça javob bergan: eng zöri - «Real»da öynaydigan futbolçi.

Şu sababli, Messi uçun yuz marta ovoz beriş va GOAT (tarixdagi eng buyuk öyinçi) borasidagi bahsga nuqta qöyiş haqidagi gaplar şaxsiy fikr sifatida emas, balki «qarorgohni özgartiriş» sifatida qabul qilindi. Aynan şu ziddiyat matnning tez tarqalişi va şov-şuvga sabab böldi.

4445-663d6849daa1dff0c1114b075c555f13
Adidas
Zidan va Messi Adidas kompaniyasi roligida Foto: