Mingbuloq tumani hokimi lavozimida işlab kelgan Tohirjon Yöldoşboyeviç Rapiqov Namangan viloyati hokimining qaroriga köra, Namangan viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Namnews xabar bermoqda.
Ma'lumot örnida, Tohirjon Rapiqov 1974 yilda Namangan viloyati Çust tumanida tuğilgan. 1996 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 1996 yili Çust tumani agroxizmat uyuşmasi mutaxassisligidan boşlagan. Turli yillarda Çust tumani qişloq va suv xöjaligi boşqarmasi yetakçi mutaxassisi, boş mutaxassisi, Çust tumani statistika va hisoblaş işlari markazi boş mutaxassisi, şu markaz boşliği, Çust tumani statistika bölimi boşliği, Çust tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari, Namangan viloyati hokimligining axborot-tahlil guruhi rahbari, Namangan viloyati Yangiqörğon tumani hokimi vazifalarida faoliyat yuritgan.
Tohirjon Rapiqov 2016 yildan hozirgi vaqtga qadar Mingbuloq tumani hokimi lavozimida işlab kelayotgandi.
Bundan oldin, Mingbuloq tumani hokimi özgargani xabar qilingandi.








