Rossiyaning MTS operatori ma'lum qilişiça, özini Özbekistondagi noqonuniy xatti-harakatlarda ayblayotgan sarmoyadorlar da'volari yuzasidan AQŞda kompaniyaga qarşi berilgan ariza doirasida öz manfaatlarini himoya qiladi.
«MTS şuni ma'lum qiladiki, kompaniya va uning ayrim menejyerlariga qarşi AQŞdagi Nyu-York ştati okrug sudiga da'vo arizasi berilgan. Kompaniya ayblovlarni körib çiqmoqda va öz manfaatlarini himoya qiliş niyatida», - deyiladi Qimmatli qoğozlar böyiça komissiya (SEC) saytida joylaştirilgan hujjatda.
Bundan taşqari, kompaniya javob şikoyati bilan çiqiş imkoniyatini istisno qilmagan, deb xabar beradi TASS.
Bundan oldin, Amerikaning Rosen Law yuridik firmasi «Mobilniye telesistemi» şirkatiga qarşi sinfiy da'vo bilan çiqqandi. Rosen Law xabarida aytilişiça, 2014 yil 19 martdan 2019 yil 7 martgaça bölgan davrda Rossiya kompaniyasi qimmatli qoğozlarini sotib olgan barça investorlar unga qöşilişi mumkin.
Da'volar MTS kompaniyasining Özbekistondagi faoliyatiga aloqador korrupsiyaga qarşi tekşiruv bilan boğliq. Uning yakunlariga köra, 7 mart kuni e'lon qilinganidek, operator AQŞ hukumatiga jami 850 million dollar tölab beradi.
Rosen Law’ning bildirişiça, MTS kompaniya korrupsion sxemalarga jalb etilgani haqidagi ma'lumotni investorlardan yaşirgan, uning doirasida 420 million dollar miqdorida pora berilgan, şuningdek, bozorga suriştiruvlarning ehtimoliy oqibatlari kölamini sezdirmagan.
AQŞ mahkamalari 2014 yildan beri operatorning Özbekistondagi biznesi böyiça MTSga nisbatan korrupsiyaga qarşi suriştiruv ötkazgan. Amerika hukumatining bildirişiça, MTS, VEON (avvalgi Vimpelcom Ltd.) va Telia Özbekiston telekommunikatsiya bozoriga kiriş maqsadida mamlakat sobiq prezidenti oilasi bilan boğliq tuzilmalarga köp millionlik poralar uçun soxta kompaniyalar hamda konsultativ şartnomalar tarmoğidan foydalangan. VEON suriştiruv yakunlari böyiça 2016 yilda 795 million dollar, Telia Company - 965 million dollar jarima töladi.
2016 yilda MTS Özbekistondagi biznesdan çiqib, mahalliy hukumatga Universal Mobile Systems (UMS) operatoridagi 50,01 foiz aksiyalarni ramziy 1 dollarga sotdi. Şu tariqa, 2014 yilda Özbekiston bozoriga qaytganidan söng, MTS mamlakatdan yakuniy çiqib ketişiga qadar ikki yil ham işlamadi. Avvalroq, MTS Özbekistondagi biznesni yöqotgan edi - 2012 yilda operator şö'basi «Uzdunrobita» - öşa vaqtda abonent bazasi 9,3 mln kişi bölgani holda özbek aloqa bozorida yetakçi bölib turgan kompaniya litsenziyadan mahrum etildi. 2014 yil oxirida MTS barça da'volarni hal qiliş böyiça rasmiylar bilan kelişuv bitimini imzoladi. Natijada, MTS UMS’ning 50,01 foizini, «Radioaloqa, radioeşittiriş va televideniye markazi» DUK (Özbekiston sobiq Davlat aloqa qömitasi tuzilmasi) 49,99 foizini oldi. Qöşma korxona «Uzdunrobita»ning infratuzilmasi va uskunalarida işlagan.








