Iroqdagi Tigr daryosida parom çökişi oqibatida halok bölganlar soni 93 nafargaça oşdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi. 

Al Sumaria telekanalining ma'lum qilişiça, fojiaga aloqadorlik gumoni bilan 9 kişi uşlangan.  

Iroq boş vaziri Odil Abdul Mahdiy darhol tergov ötkazişni buyurgan. 

Dastlabki versiyaga köra, paromning çökişiga uning me'yoridan 3 marta köp yuklangani sabab bölgan. Arab telekanallari ma'lumotlariga köra, parom bortida 170 dan 250 gaça kişi bölgan bölişi mumkin, vaholanki u 75 yölovçiga möljallangan bölgan. Qurbonlar köpligi ulardan köpçiligi bolalar bölgani va kuçli oqim bilan tuşuntirilmoqda.