FIFA U17 jahon çempionati
Qatar, Doha, 11 noyabr, Aspire akademiyasi maydoni
Özbekiston U17 – Panama U17 6:1
Gollar: Abubakir Şukurullayev (48), Sadriddin Hasanov (52), Sayfiddin Sodiqov (67), Jamşidbek Rustamov (90+1), Asilbek Aliyev (90+5), (90+7 pen) - Jozef Paçeko (90+10)
Boş hakam: Oleksey Derevinskiy (Ukraina)
Özbekiston: Ibrohim Şokirov, Muhammad Hakimov, Möminxon Baxodirxonov, Mirzaziz Abdukarimov (Abdulmalik Anvarov 46, Qahramon Turğinov 85), Sadriddin Hasanov, Muhammad Habibullayev (Asilbek Aliyev 46), Sayfiddin Sodiqov (Behruz Saidmurodov 69), Muhammadali Musaxanov (Jamşidbek Rustamov 69), Azizbek Abdumöminov, Abubakir Şukurullayev, Azizbek Erimbetov
Panama: Adamir Aparitsio, Entoni Ramos, Jozef Paçeko, Şayro Styuart, Pablo Aranda, Estevis Lopes, Anxel Jyeyms, Adrian Olivardia, Stefen Dominges, Edgardo Tovares, Moyses Sedeno.
Qatarda 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasida jahon çempionati davom etmoqda.
J guruhida Özbekiston U17 jamoasi 11 noyabr kuni guruh bosqiçining 3-turi doirasida Panamani 6:1 hisobida yengdi.
Birinçi bölim teng kuraşlar ostida ötdi. Ammo hisobni oçiş uçun yaqqol imkoniyat Panama futbolçilarida böldi. 21-daqiqada raqib futbolçisi Estevis Lopes penaltini aniq amalga oşirolmadi. Uning zarbasini darvozabon Ibrohim Şokirov qaytara oldi.
Ikkinçi bölimda ustunlik özbekistonliklarga ötdi va ular ketma-ket hujumlar natijasida Panama darvozasini uç marta işğol etdi. 48-daqiqada Abubakir Şukurullayev, 52-daqiqada Sadriddin Hasanov, 67-daqiqada Sayfiddin Sodiqov gollari hisobni yirik körinişga keltirdi. Sönggi daqiqalarda Jamşidbek Rustamov, Asilbek Aliyev va Abdusamad Saidov ham gol urişga erişdi. Yakunda Panama bitta javob töpini kiritdi.
Guruhdagi ikkinçi öyinda Irlandiya va Paragvay 0:0 hisobida durang öynadi.
Bu natijalardan söng, Irlandiya 7 oçko bilan guruhda birinçi, Özbekiston 6 oçko bilan ikkinçi örinni egallab, 1/16 finalga yöl oldi. Paragvay hisobida 4 oçko bor, Panama oçkosiz qoldi.
Özbekiston U17 terma jamoasining pley-off bahslaridagi raqibi keyinroq, barça guruh öyinlari yakunlanganidan keyin ma’lum böladi.













