23 mart kuni Rossiyaning Yekaterinburg şahrida RCC Boxing Promotions promouterlik kompaniyasi tomonidan taşkil etilgan professional boks keçasida özbekistonlik Mahmud Ğoipov rossiyalik Vazir Timoyanga qarşi ringga çiqdi.
6 raundga möljallangan jangda özbekistonlik sportçi böydor raqibiga qarşi yaqin masofada jang olib borişga harakat qildi. Uning faolligi va zarbalari iş berdi va raqib oçila boşladi, jang qisqa masofalarda keça boşladi. Ammo Ğoipov klinç vaziyatida Timoyanning boşiga zarba berib yubordi, natijada hakamlar undan oçko olib taşlaşdi.
Jangning qolgan qismida yöqotilgan oçko örnini qoplaşga uringan Ğoipov oldinga bordi, ammo ikki boksçining ham zarbalari bu keçada nokdaun yoki nokautga olib kelmadi. Oltinçi raundda esa özbekistonlik boksçining zarbasi raqibning beldan pastki qismiga tegdi va u yana jazolandi.

Yakunda hakamlar bir ovozdan Vazir Tamoyanni ğolib deb e'lon qilişdi. Jangdan keyin bergan intervyusida rossiyalik boksçi bu jang özi uçun juda oğir keçganini tan oldi.
«Jang qiyin keçdi. Jang haqida 4 kun oldin bilgandim, oxirgi 4 kunda vazn taşlaş jarayoni oğir keçdi. Uni nokaut qila olmasligimni bilardim, şu sababli 6 raundlik jangga tayyorlandim. Mahmud yaxşi pressing qildi, bunday raqiblarni hurmat qilaman. Töğrisini aytsam, hakamlar ğolibni e'lon qilişidan avval yutqazdim deb öylayotgandim. Taşkilotçilarga halol hakamlik uçun rahmat», deydi boksçi.
Havaskor boksda 69 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida iştirok etgan Mahmud Ğoipov 2016 yilning fevralida Bolgariyadagi xalqaro turnirda ğolib bölgan, 2016-2018 yillarda «Uzbek Tigers» jamoasi safida musobaqalarda qatnaşgan.
Mahmud Ğoipov professional boksdagi faoliyatini 2018 yilning noyabrida boşlagandi va şu vaqtgaça ikki jang ötkazib, ikkisida ham ğalaba qozongandi.
Qayd etiş kerakki, Mahmud Ğoipov avvaliga 23 mart kuni Zurab Çaniyev (4-2-1) bilan jang qilişi ma'lum qilingandi, ammo 19 mart kuni raqib özgargandi.










