Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi banklardan birida (tergov manfaatlaridan kelib çiqqan holda bank nomi va gumondorlar ismi oşkor qilinmagan) ötkazilgan tekşiruv jarayonida “qinğir işning qiyiği” çiqib qoldi, deya xabar beriladi viloyat IIB saytida.
Qayd etilişiça, bankning bir guruh mansabdor şaxslari uşbu bank mijozi hisoblangan 15 nafar fuqaroning bank plastik kartoçkalaridan 2 yil davomida jami uç million sömdan ortiq pullarini, ularning login va parollaridan foydalangan holda talon-taroj qiliş yöli bilan öğirlab kelganliklari aniqlangan.
“Mijoz bank uçun emas, bank mijoz uçun” şiori ostida mamlakatimizda faoliyat olib borib, aholining işonçini oqlab kelayotgan köpgina banklardan birida uçragan uşbu qonunbuzarlik holatini “guruç orasidagi kurmak” deb baholaş mumkin, deyiladi xabarda.
Bildirilişiça, uşbu bank xodimlariga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi (öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











