21-27 mart kunlari Yevropada qit'a çempionati uçun saralaş bosqiçining dastlabki 2 tur öyinlari ötkazildi. Bu safargi turnir, xususan saralaş öyinlari ham biroz farqli bölib ötayotgani tufayli, aksariyat muxlislarda tuşunmovçiliklar yuzaga kelgan bölişi tabiiy. Şuningdek, Millatlar Ligasi deb nomlangan yangi turnir taşkil etilgani va bu musobaqaning ham qit'a çempionati saralaşiga ta'siri borligi köpçilikni çalkaştirdi.

Şuning uçun Yevro-2020 saralaşi va uşbu musobaqaga Millatlar Ligasi orqali çiqiş yöllari haqida tuşunça berib ötişni lozim topdik.

Avvalo, şuni ta'kidlaş kerakki, 21 mart kuni boşlangan va dastlabki 2 turi nihoyasiga yetgan saralaş bahslarining oldingilardan keskin farqi yöq. Faqatgina, saralaş öyinlari odatdagidek, kuzda emas, yetti oy keçroq, bahorda boşlanganini e'tirof etiş mumkin.

Boşqa tomondan hammasi tuşunarli, 10 guruhga bölingan jamoalar 20 yöllanma uçun davraviy tizimda kuraş olib borişadi. Har bir guruhda dastlabki 2 örinni egallagan terma jamoa töğridan-töğri qit'a çempionatiga yöllanmani qölga kiritadi.

Yevropa çempionatida 24 jamoa iştirok etişi közda tutilgan. Xöş, 20 terma jamoaning qanday aniqlanişi tuşunarli, xöş, qolgan 4 yöllanma qanday tarzda öz egasini topadi?

Avvalgi formatda, mana şu guruhlarda keyingi örinlarni egallagan terma jamoalar pley-offda töqnaş kelib, 4 yöllanma egasi aniqlanardi. Bu safargi özgariş şundaki, endi mana şunday pley-off saralaş guruhlaridagi 3-örin sohiblari örtasida emas, Millatlar Ligasidagi ğoliblar örtasida bölib ötadi.

Şu örinda Millatlar Ligasi haqida ham qisqaça eslatib ötamiz. Bu turnirda Yevropadagi terma jamoalar 4 (A, V, S va D) ligalarga bölingandi. A ligada eng kuçli terma jamoalar, V ligada reyting böyiça keyingi terma jamoalar va hokazo tarzda ligalar ajratilgandi. Har bir ligada 4tadan guruh bölib, 2018 yilning kuzida har bir guruhda ğoliblar aniqlangan.

Demak, bir yildan söng, 2020 yilning mart oyida Millatlar Ligasi ğoliblari, ya'ni, har bir guruhda 1-örinni olgan jami 16 jamoa iştirokida pley-off öyinlari bölib ötadi. Masalan, A Ligasidagi 4 guruhda ğolib bölgan 4 jamoa yarim final va final şaklida pley-off öyinlari ötkazişadi. Öyinlar uyda va safarda tizimida bölib ötadi. 4 jamoa iştirokidagi mana şu mini turnirda ğolib çiqqan terma jamoa Yevro-2020’ga yöllanmani qölga kiritadi. Xuddi şu şaklda, V, S va D Ligalaridagi guruh ğoliblari örtasidagi pley-offlar yana uç iştirokçini aniqlab beradi.

Bu yerda yana bir jihat bor. Masalan, Millatlar Ligasiga guruh ğolibi bölgan terma jamoa oddiy saralaş guruhidagi öyinlar orqali Yevropa çempionatiga yöllanmani qölga kiritib bölişi mumkin. U holda, pley-offda uning örniga şu Ligadagi keyingi terma jamoa pley-off iştirokçisiga aylanadi. Agar masalan, A ligadagi jamoalarning hammasi Yevro saralaşini muvaffaqiyatli yakunlaşgan bölib, pley-offga jamoa topilmay qolinsa, qöyi Ligadagi jamolar bu örinlarni töldiradilar.