«Alhamdulillah. Men uchun qayg‘urib, qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga cheksiz rahmat.
Bu – futbol, jarohatlar esa uning bir qismi. Hali oyoqqa turib, yana ham kuchliroq bo‘lib qaytaman.
Jamoam @SharjahFC esa mening yo‘qligimni bildirmaydi va biz oxirigacha kurashamiz. Insha Allah», – deb yozdi Shukurov Twitter sahifasida.
Otabekning klubi «Sharja» uning bu tvitiga javoban tezroq sog‘ayib ketishini tilab, post yozdi. «Biz oxirigacha kurashamiz» deyilgan postga BAA jamoasi quyidagi suratni ilova qilgan.
Alhamdulillah.
— Otabek Shukurov (@OShukurov19) March 27, 2019
I admire very much everyone who cares and suppors me.
That's football and injuries are part of it. I'll get well soon and come back stronger.
My @SharjahFC is not a one-man-team and we'll always fight till the end with/without me.
Insha Allah.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli xavbek 25 mart kuni Xitoyning Nanning shahrida «China Cup» musobaqasining 3-o‘rni uchun mezbonlarga qarshi kechgan bahsning (1:0) birinchi bo‘limida jarohat olgandi. Natijada u shifoxonaga olib ketilgan, o‘ng oyog‘i boldir suyagi pastidan singani ma'lum bo‘lgach, gips qilingandi. Endi u ikki oy maydonga tusha olmaydi.
Avvalroq Otabekning jarohat olishiga sababchi bo‘lgan xitoylik hujumchi Vei Shixao uni ko‘rgani O‘zbekiston milliy jamoasi joylashgan mehmonxonaga borgani xabar qilingandi. Ma'lum bo‘lishicha, Shixaoning klubi «Guanchjou Evergrand» uni bu harakati uchun bir oyga jamoadan chetlatish bilan jazolagan. U fevral oyida shu klub safiga o‘tgandi.











