Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xuan Guaydo 6 aprelni Maduroni ag‘darish operatsiyasi kuni sifatida belgiladi
Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaydo tvitterda 6 aprelni «Ozodlik operatsiyasi» deb e'lon qildi. Shu kuni mamlakat prezidenti Nikolas Maduroning rejimini ag‘darishga qaratilgan «taktik aksiyalar» o‘tkaziladi.
«Shu kuni biz tayyor va uyushgan bo‘lishimiz zarur, yordam qo‘mitalari shakllantirildi», — degan u. Yana bir tvitida u o‘z tarafdorlari «uzurpatsiyaga barham berish»ga erishishga tayyor ekanini ta'kidlagan.
El Comercio xabariga ko‘ra, «Ozodlik operatsiyasi» Nikolas Maduroni prezidentlikni tark etishga majburlashga qaratilgan. Nashrning qayd etishicha, Guaydo fuqarolarni mamlakatda elektr ta'minoti o‘chirilganiga qarshi namoyishlar o‘tkazishga chaqirgan.
2019 yilning yanvarida Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaydo o‘zini muvaqqat prezident sifatida e'lon qilgandi. Uni AQSh va boshqa o‘nlab davlatlar qo‘llab-quvvatlagan. Rossiya, Xitoy va Turkiya kabi davlatlar Nikolas Maduroni qonuniy prezident sifatida e'tirof etgan.
Mavzuga oid
09:37 / 29.06.2026
Venesueladagi zilzila: vayronalar ostidagilarni qutqarishga juda kam vaqt qolmoqda
00:11 / 28.06.2026
Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1400 nafardan oshdi
08:59 / 27.06.2026
Venesueladagi zilzila: qurbonlar soni 920 nafardan oshdi
09:18 / 26.06.2026