Yaman prezidenti Raşad al-Alimiy husiyçilar egallab olgan barça hududlarni qaytariş maqsadidagi harbiy amaliyot boşlanganini eʼlon qildi.
Al-Alimiy sözlariga köra, hukumat kuçlari öz yurişini «mamlakat terrorçi jangarilar hukmronligidan ozod bölmagunça» davom ettiradi.
Bir neça kun oldin Yamanda «husiyçilarning kuçayişiga qarşi turiş, fuqarolarni himoya qiliş, respublika tizimi va konstitutsiyaviy qonuniylikni himoya qiliş, şuningdek, davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini taʼminlaş» uçun umumiy safarbarlik eʼlon qilingan edi. Reuters maʼlumotlariga köra, husiylarga qarşi hujumda 100 mingdan ortiq Yaman harbiylari iştirok etadi.
Prezident Raşad al-Alimiyning bu boradagi bayonoti husiyçilar hamda Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya örtasidagi zarbalar almaşinuvidan keyin yangradi – husiyçilar ayni vaqtda saudiyaliklarning Qizil dengizni Hind okeani bilan boğlovçi Bob al-Mandab böğozi orqali neft eksportiga tahdid solib turibdi.

Eronning ittifoqçilari hisoblangan husiyçilar Saudiyaning Aramco milliy neft kompaniyasi obyektlariga zarba berganini maʼlum qildi va buni arab koalitsiyasining yarim kun içida Yaman böylab yöllagan 50 dan ortiq zarbalariga javob deb atadi. Ar-Riyoddagilar bu bayonotga munosabat bildirmagan.

Yamanning tan olingan hukumati tomonidan bunday jangovar bayonoti kutilgan hodisa edi: avgust oxiri va sentabr oyi boşlarida husiyçilar faollaşib, sohildagi yangi yerlarni egallagan, bu orqali böğoz orqali ötuvçi muhim yölni nazoratiga olgandi.
Raşad al-Alimiy yakşanba kuni televideniye orqali qilgan murojaatida şunday dedi: «Bugun men respublikaning qolgan hududlarini ozod qiliş va davlat hamda uning institutlari hokimiyatini butun mamlakat hududiga yoyiş böyiça harbiy amaliyotlar boşlanganini eʼlon qilaman».
Yaman poytaxti, 2014-yil kuzidan buyon husiyçilar qölida qolayotgan Sano şahriga töxtovsiz zarbalar berilmoqda – hukumat qöşinlari şu tariqa raqibning harbiy salohiyatini zaiflaştirişga urinmoqda.



















