18:29 / 30.03.2019
9138

Superliga. «Surxon» ilk g‘alabasini qo‘lga kiritib, uchinchi o‘ringa chiqdi

Termizda Superliga 2-turidan o‘rin olgan «Surxon» - «Dinamo» o‘yini yakunlandi. Uchrashuvning 2-daqiqasida Sherzod Karimovning jarima zarbasidan uzatgan to‘pini bosh bilan darvozaga yo‘llagan Sherzod Hakimov tomonidan kiritilgan gol o‘yinda yagona bo‘ldi va «Surxon» 3-o‘ringa ko‘trilib oldi.

Superliga-2019
«Surxon» - «Dinamo» 1:0
Gol: 
Sherzod Hakimov (2).
Bosh hakam: Sherzod Qosimov.
Surxon: Asilbek Omonov, Abduqahhor Hojiakbarov, A'zam Aliyev, Darko Stanoyevich, Vladimir Bubanya, Sherzod Karimov (Ayubxon No‘monov, 90+2), Dilshod Jabborov (Rahmatullo Berdimurodov), Abror Ismoilov, Husniddin G‘ofurov, Sherzod Hakimov (Azamat Allaniyozov), Shavkat Salomov.
Dinamo: Botirali Ergashev, Mirkomil Lokayev, Hakimxon A'lamxonov, Akmal Xolmurodov, Abbos Shodmonov, Shoxruh Abdurahmonov (Jasur Azimov), Bobur Qosimov, Qadamboy Nurmetov (Sanjar Barotov), Ixtiyor Toshpo‘latov, Sardor Eminov, Amirjon Safarov. (Nizomjon Norov, 65).

Mavzu
Superliga
8 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumiga - Superliga-2019 turniriga start berildi
Barchasi
Top