Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qanday shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi?
O‘zbekistonda qator shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi, deb yozmoqda Adliya vazirligi telegram kanali.
Ular:
avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
transport vositasini o‘quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni o‘rgatuvchi amaliy mashg‘ulotlar instruktori;
homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemor yo‘lovchilar;
orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilar;
aholi punktlarida harakatlanishda — yo‘nalishli taksi haydovchilari, taksining orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar;
aholi punktlarida tashqi qismiga maxsus rangli grafik chizmalar chizilgan transport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilari.
Mavzuga oid
08:25 / 14.05.2026
Dunyoda qaysi avtomobil brendlari yetakchilik qilmoqda?
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
09:48 / 11.03.2026
Rulda kamar taqmagan Sardor Mamadaliyev jarimaga tortildi
17:57 / 14.01.2026