Dunyoning piyoda o‘tish uchun eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari ma'lum qilindi
Piyoda o‘tish uchun eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari jahon reytingida Buyuk Britaniyaning Pennin yo‘li yetakchilik qilmoqda. Bu yo‘lning uzunligi 450 kmdan ko‘proqni tashkil qiladi.
2-o‘rinni Avliyo Iakov yo‘li egallagan. Bu yo‘l YuNeSKOning nomoddiy merosi ro‘yxatiga kiradi va Ispaniyaning shimoli bo‘ylab Santyago-de-Kompostela shahrigacha cho‘zilgan.
3-o‘rinni AQShdagi Appalachi so‘qmoqlari egallagan bo‘lib, u dunyodagi eng uzun yo‘llardan biri hisoblanadi. Uning uzunligi 3,5 ming kmdan oshadi.
Yetakchi beshtalikdan Yaponiyadagi Basyo yo‘li va Argentinaning Bariloche kurort shahri yaqinidagi bir kunlik yo‘nalish o‘rin olgan.
Shuningdek, reytingga Marokashdagi Tubkal tog‘i bo‘ylab o‘tuvchi yo‘l, Buyuk Xitoy devori, Hongkongdagi “Ajdarho beli” bo‘ylab sayrlar, Irlandiyadagi Dingl Vey kiritilgan.
Mavzuga oid
09:16 / 06.11.2024
Toshkentda Matiz haydovchisi 83 yoshli piyodani urib yubordi
09:53 / 25.10.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda piyoda halok bo‘ldi
12:14 / 01.08.2024
Poytaxtda 25 ta yerusti piyodalar o‘tish joylari quriladi
09:46 / 09.06.2024