Surxondaryo viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Elnur Abrayevning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, hodisa 2026 yil 26 iyul kuni soat 20:30 lar atrofida Denov shahrida sodir bo‘lgan.
1992 yilda tug‘ilgan haydovchi otasiga tegishli Cobalt avtomobilida Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotib, tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan svetoforning yashil chirog‘ida o‘tayotgan 2014 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan. Haydovchi bu vaqtda yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish qismida bo‘lgan.
Jabrlanuvchi tumandagi 74-maktabning 7-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. U og‘ir tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.











