Turkiyada 31 mart kuni o‘tkazilgan mahalliy saylovlardagi ovozlarni hisoblash jarayoni yakunlanmoqda. Asosiy syurprizlar: hukumatdagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) mamlakat poytaxti Anqarada va strategik ahamiyatga ega muhim shahar Istanbulda yutqazdi.
Bu saylovlarning ahamiyati nimada?
Munitsipial saylovlar besh yilda bir marta butun Turkiya bo‘ylab o‘tkaziladi - 81 munitsipalitetda, jumladan poytaxt Anqarada hamda mamlakatning barcha yirik shaharlaridagi jami 57 million saylovchi ovoz berish jarayonida qatnashdi.
Saylovlar zo‘ravonlik holatlari bilan birga kechdi, ikki saylovchi Malatya shahrida (Turkiya sharqida) otib ketildi.
Siyosiy nuqtai nazardan bu saylovlarning ahamiyati yuqori, bu saylov 2018 yilning iyunidagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlaridan keyingi eng yirik umummilliy referendum bo‘ldi.
O‘shanda prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 52,59 foiz ovoz olgan holda g‘alaba qozongan va yangi muddatga (avvalgi prezidentlik muddati nollashtirilib) saylangan, vakolatlari kengaygandi.
Erdo‘g‘an 31 mart kungi saylovlarni «mamlakat uchun hal qiluvchi» deb atadi. 2002 yildan buyon saylovlarda uzluksiz g‘alaba qozonib kelayotgan Adolat va taraqqiyot partiyasining asosiy raqibi muxolifatdagi so‘l markazchi partiya - Respublika xalq partiyasi (kamolchilarning Jumhuriyat xalq partiyasi) bo‘ldi.
Saylov natijalari qanday bo‘lmoqda?

AFP/GETTY IMAGES
Adolat va Taraqqiyot partiyasi 81 munitsipalitetdan 49tasini nazorat qiladi, saylovlarda esa faqat 41 munitsipalitetda g‘alabaga erishildi. Umuman, bu partiya nomzodlari 51 foiz atrofidagi ovoz bilan ustunlik qilishdi.
Erdo‘g‘an saylovda o‘z partiyasi g‘alaba qozonganini e'lon qildi, ammo uning tarafdorlari ikkita muhim shaharda - Anqara va Istanbulda yutqazishdi. Bu shaharlar 1990-yillardan buyon ATP nazoratidagi hudud hisoblanardi.
Bundan tashqari, partiya yana bir yirik shaharda - Izmirda g‘alaba qozonolmadi. Anqarada RXP vakili Mansur Yavash ATP nomzodi Mexmet Ozxasekini yengdi, Istanbulda esa muxolifatchilarning yana bir vakili Akrom Imomo‘g‘li sobiq bosh vazir Binoli Yildirimdan ustun kelib, mer etib saylandi.


















