DW naşrining xabar berişiça, Markaziy saylov komissiyasi 4-oktabr, yakşanba kuni keçqurun ovoz berişning dastlabki natijalarini eʼlon qilgan. Saylovçilar mamlakat prezidiumi aʼzolari, markaziy va ikki mintaqaviy parlament deputatlari, şuningdek, Serb Respublikasi prezidentini tanlagan.

Byulletenlarning 95 foizi sanab çiqilgan paytda prezidiumda bosniyalik musulmonlar - bosnyaklar vakili böliş uçun kuraşda Denis Beçiroviç qariyb 38 foiz ovoz bilan yetakçilik qilgan. U bunga qadar prezidium raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Xorvatlar vakili uçun saylovda Dariyana Filipoviç taxminan 48 foiz ovoz bilan oldinda bölgan. Serblar vakili sifatida esa amaldagi prezidium aʼzosi Jelka Sviyanoviç qariyb 55 foiz ovoz töplagan.

Bosniya va Hersegovinada davlat rahbari vazifasini uç kişidan iborat prezidium bajaradi. Unda bosnyaklar, xorvatlar va serblar bittadan vakilga ega. Bu boşqaruv tizimi mamlakatdagi fuqarolik uruşiga nuqta qöygan 1995-yilgi Deyton kelişuvlari asosida şakllangan.

Saylovdagi asosiy raqobatlardan biri Bosniya va Hersegovina tarkibidagi, aholisining asosiy qismini serblar taşkil etuvçi Serb Respublikasi prezidentligi uçun keçgan. Unda mintaqa boş vaziri Savo Miniç va muxolifat nomzodi Branko Blanuşa bellaşgan.

Dastlabki natijalarga köra, Miniç aksariyat saylov okruglarida raqibidan özib ketgan. Blanuşa ayrim okruglarda ustun kelgan bölsa-da, Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlari umumiy hisobda Miniç oldinda ekanini körsatgan.

Miniç ham, Sviyanoviç ham Milorad Dodik asos solgan «Mustaqil sotsial-demokratlar ittifoqi» partiyasidan nomzod bölgan. Mazkur partiya Serb Respublikasi parlamenti - Xalq skupştinasi saylovida ham yetakçilik qilmoqda. Mamlakat parlamentining quyi palatasiga saylovda ham bosniyalik serblarning aksariyati şu partiyani qöllab-quvvatlagan.

Dodik Miniç va Sviyanoviçni ğalaba bilan tabriklaşga ulgurgan. Naşrning qayd etişiça, Dodik 2025-yilda Bosniya va Hersegovina Konstitutsiyaviy sudi qarorlari hamda xalqaro kelişuvlarni bajarmagani uçun prezidentlik lavozimidan majburan çetlaştirilgan. Sud unga olti yil davomida siyosiy faoliyat bilan şuğullanişni ham taqiqlagan.

Rossiyaga yaqinligi bilan tanilgan Dodik sud qarorini tan olmagan va qöllab-quvvatlaş izlab Moskvaga borgan. U Savo Miniç bilan birga 29-sentabr kuni Kremlda Vladimir Putin bilan uçraşgan.