Jahon | 07:46 / 04.04.2019
34329
2 daqiqa o‘qiladi

Polshalik general urush holatida Rossiyaga yadroviy zarba berishga va'da berdi

Foto: Piotr Król

G‘arb Rossiya tajovuzi holatida unga qarshi yadro qurolini qo‘llaydi. Bu haqda polshalik general Valdemar Skshipchak Wirtualna Polska nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning ta'kidlashicha, avval AQSh “Polsha hududida qizil armiyani to‘xtatish” uchun yadro quroli qo‘llashga tayyor bo‘lgan va bunday rejalar “Rossiya tajovuzi” holatiga hanuzgacha mavjud.

Generalning ta'kidlashicha, Rossiya armiyasiga qarshi Yevropaning birorta davlati, jumladan Polsha bir o‘zi qarshilik ko‘rsata olmaydi. Skshipchakning aytishicha, aynan shuning uchun Varshava 1999 yilda NATOga qo‘shilgan.

Biroq general NATO ancha zaiflashgani va samaradorligi pasayganini qayd qilib o‘tgan. Bundan esa Qrimning Rossiya bilan birlashishi va Donbassdagi ixtilof guvohlik beradi. Skshipchakning fikricha, Moskva NATOning sharqiy qanoti mustahkamlanayotganidan uncha tashvish bildirmayapti, chunki Polsha, Ruminiya, Boltiq davlatlaridagi AQShning bir nechta qo‘shimcha bataloni “vaziyatni o‘zgartira olmaydi”.

General shuningdek NATOda qarorlar qabul qilinishi juda cho‘zilib ketishidan arz qilgan. Uning fikricha, Rossiya hech qanday muammosiz Boltiq davlatlari hududini egallab olishi, NATOning Rossiya armiyasi bilan kurashi esa Polshada o‘tishi mumkin. Skshipchakning ta'kidlashicha, shu sababli NATO Varshavaning alyans uchun muhimligini anglashi lozim.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid