Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlarga deportatsiya uchun xarajatlarni qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin
Rossiya Ichki ishlar vazirligi migrantlarga Rossiyadan deportatsiya qilinganlik uchun xarajatlarni qoplashga majburiyat yuklaydigan qonun loyihasini ishlab chiqdi. Tashabbus matni normativ huquqiy hujjatlar federal portalida e'lon qilingan, deb yozmoqda «Kommersant'».
Hozirgi kunda ushbu davlat qonunchiligida deportatsiya qilinayotgan migrantlarga mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha xarajatlarni qoplashga oid majburiyat yuklovchi norma belgilanmagan. Rossiya Ichki ishlar vazirligi «Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risida»gi qonunga tegishli o‘zgartishlar kiritishni taklif qilmoqda.
Qonun loyihasini qabul qilish budjetdan qo‘shimcha xarajatlarni talab qilmaydi, deyiladi izohda. Jamoatchilik muhokamasi 17 aprelga qadar davom etadi. Ushbu tashabbus iyul oyida kuchga kirishi rejalashtirilmoqda.
Bundan oldin, Rossiya rublining zaiflashuvi O‘zbekiston aholisi daromadiga ta'sir ko‘rsatgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:46
Rossiya Kiyevga raketa, Xarkivga dronlar bilan hujum qildi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026