50 foizdan ortiq ulushi davlatga tegishli bo‘lgan tijorat tashkilotlarini tashkil etish taqiqlanishi mumkin
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Hukumat tuzilmasiga kiruvchi idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarini yanada ixchamlashtirish va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan quyidagi tartib o‘rnatilishi mumkin:
2019 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida ustav kapitalidagi 50 foizdan ortiq aksiyasi (ulushi) davlatga tegishli bo‘lgan tijorat tashkilotlari tashkil etish ta'qiqlanadi, bundan milliy xavfsizlikni ta'minlashning boshqa imkoni bo‘lmagan sohalar mustasno;
2019 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini boshqarishning yangi vositalarini joriy qilishga tashabbus ko‘rsatgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tadbirkorlik sub'yektlariga tartibga solish yukini kamaytirishni mavjud boshqa davlatning tartibga soluvchi vositalarini xususiy sektorga berish yoki bekor qilish orqali ta'minlashlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari va mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, davlat unitar korxonalari va muassasalari, shuningdek, xo‘jalik birlashmasi shaklidagi uyushmalar (xoldinglar)ning vazifalari va funksiyalarini tanqidiy ko‘rib chiqib, ularning faoliyatini takomillashtirish, jumladan tegishli vakolatlarini davlat boshqaruvi organlariga berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yuzasidan takliflar kiritadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda davlat hokimiyati organlari faoliyatida autsorsing mexanizmini qo‘llash, shu jumladan davlat organlari funksiyalarini autsorsing asosida xususiy sektorga berish va autsorserlarni tanlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tizimini joriy etish bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi.
Mavzuga oid
11:17 / 20.11.2024
Shavkat Mirziyoyev hukumat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlarini belgilab berdi
10:38 / 20.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Xalqimiz hal qiluvchi masalalar bo‘yicha yangi hukumatdan aniq natijalarni kutmoqda
14:24 / 10.06.2024
Hukumatning atrof-muhitni muhofaza qilishga oid vazifalari belgilanmoqda
21:26 / 14.05.2024